Glossari y aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi


Download 245.5 Kb.
bet1/29
Sana23.01.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1112542
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Г Л О С С А Р И Й


G L O S S A R I Y


Aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi – aholi punktlari, asosan shaharlar, shuningdek, qishloqlarning intensiv xo’jalik mehnat va madaniy- maishiy hamda rekratsion aloqalar bilan bog’lanib, yagona birlikni tashkil qilgan kompakt hududli guruhi.
Aglomeratsiya (Agglomeration)-yirik shahar atrofida qator shahar va qishloqlarning mujassamlashuvi va o’zaro bog’liq holda rivojlanishi.Uning uchun bir yoki bir necha yirik shahar (yadrosi), ikki yoki undan ortiq yo’ldosh shahar, yadro va yo’ldosh shaharlar o’rtasida kamida ikki soatli aholi aloqalari bo’lishi lozim.
Agrar islohotlar – qishloq xo’jaligidagi islohotlar, davlatning yerga mulkchilik munosabatlari va yerda xo’jalik yuritish usullarini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlari majmui.
Agrar munosabatlar- yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar
Agrobiznes- foydani ko’paytirish maqsadida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish tizimida boshqarishni zamonaviy usullardan foydalanishga asoslangan qoidalarni qo’llash. Yirik qishloq xo’jalik korxonalari ham agrobiznesda qatnashishlari mumkin, bunda ikki tomon O’rtasida qat’iy kelishuv hosil bO’ladi
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo’jaligi va sanoat tarmoqlarining, iqtisodiy, fan-texnika, texnologik va boshqa xo’jalik imkoniyatlarini birlashtirish (qo’shish) orqali ishlab chiqarish va mehnatning umumlashtirilishi.
Agrosanoat majmuasi- qishloq xO’jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining birligi
Agrosanoat majmui (ASM) - mamlakatni oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi xom ashyosi bilan ta’minlovchi tarmoqlararo xO’jalik majmui.
Ajiotaj – (fr. «agiotage» – hovliqish, tartibsizlik) birja bozorlarida chayqovchilik maqsadlarida ataylab yaratiladigan jonsaraklik; qimmatbaho qog’ozlarning kursi va tovarlarning narxini sun’iy ravishda ko’tarish yoki tushirish.

Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling