Aylanma vositalar (mablag’lar) – korxonaning xo’jalik faoliyatini moliyalash uchun foydalaniladigan pul mablag’lari; asosiy vositalarni aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlaridan tashkil topadi.
Akmeologiya - (akme – gullagan davr, oliy nuqta, yuqori cho’qqi) – o’qituvchi faoliyatida yuksak professionallikka ya’ni kasbiy yetuklikka erishish bilan izohlanadi.
Aksiologiya - ijtimoiy sub’ektlar yaratgan pedagogik qadriyatlar yig’indisini ifodalab, insonni eng oliy qadriyat deb biladi va jamiyat rivojlanishining maqsadi deb hisoblaydi.
Aktsiya – (fr. «action») farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat, aktsiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qog’oz.
Aktsiyadorlik jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati.
Alarmistik yo’nalish-ekologik tanazzulning ijtimoiy asoslarini xis etish va “ekologik madaniyatni” yaratishga urinish.
Antropogen ta’sir – insonning xo’jalik faoliyati natijasida tabiat va uning resurslariga ko’rsatadigan ta’siri
Aralash jamiyat - 1) xususiy va davlat kapitallari ishtirokidagi korxona; 2) kapitali ikki yoki undan ortiq mamlakatning tadbirkorlariga (jismoniy yoki yuridik shaxslarga ) yoki davlat muassasalariga tegishli bo’lgan korxona.
Aralash iqtisodiyot – hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti modellaridan biri. Bozor iqtisodiyotining rivojlangan va demokratlashib, insoniy tus olgan turi bo’lib, AQSh, Angliya va Frantsiya kabi rivojlangan mamlakatlarga xos.
Aralash mulk – turli mulk shakllarining birlashuvi natijasida paydo bo’ladigan mulk.
Artetabiiy muhit-insonni o’rab turgan sun’iy muhit.
Asosiy vositalar – ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydigan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va boshq.).
Asosiy ishlab chiqarish, asosiy tarmoq – korxona ishlab chiqarish tuzilmasi va ixtisoslashuvining rejali yo’nalishini belgilaydigan tarmoq.
Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalarini (mashina asbob uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalarini) o’z ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan o’z qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda o’tkazib boruvchi qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |