Glossariy abuliya
Download 25.32 Kb.
|
sxyAW3NX8JcNTnHtXZ12irhsOZgVpAUjNEB1GrKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- VYURTSBURG MAKTABI
- GENETIK PSIXOLOGIYA
- GESHTALTPSIXOLOGIYA
- DEBILLIK
- DETERMINIZM
BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI - psixologiya fanidagi boshqarish faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi soha.
VIJDON - axloqiy ong tushunchasi. U yaxshilik va yomonlikni ajrata olish, o‘z hatti-harakatlariga axloqan javob bera olishga qaratilgan ichki e’tiqoddan iborat. VYURTSBURG MAKTABI - XX asr boshlaridagi nemis psixologlari (K.Byuller, N.Ax, O.Kyulpe va boshqalar) asos solgan ilmiy maktab. Unda birinchi bo‘lib maxsus eksperimentlar predmeti qilib tafakkur o‘rganildi. GENEZIS - biror bir hodisa yoki narsa rivojlanishi jarayonining qonuniyatlarini aks ettiruvchi tushuncha. GENETIK METOD - psixik holatlarning paydo bodishi va ularning quyidan yuqoriga qarab rivojlanish jarayonini o'rganish usullari. GENETIK PSIXOLOGIYA - odam individual psixologik xususiyatlarining kelib chiqishi, ularning shakllanishida genotip va muhitning rolini o‘rganadigan soha. GENIALLIK - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodiyoti bilan o‘zini namoyon qilish hodisasi. GENOTIP - ota-onadan farzandga o‘tadigan genlar majmui, irsiy asosi. GERONTOPSIXOLOGIYA - psixologiya tarmog‘i, qarilik davri psixologiyasini o‘rganadi. GESHTALTPSIXOLOGIYA - hozirgi zamon chet el psixologiya maktablaridan biri bodib, XX asrning 30-yillarida Germaniyada shakllangan. Unda murakkab psixik hodisalarni tushuntirish uchun hodisalaming bir butunligini asos qilib olinadi. Asoschilar: M.Vertgeymer, V.Kyoler, K. Koflka. GIPNOZ - bosh miya ba’zi markazlarini tormozlash natijasida odamlarda va hayvonlarda maxsus ravishda hosil qilinadigan sun’iy uyqu. GURUH - odamlarni birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bodish xarakteri kabi qator belgilariga asoslangan birligi. Guruhlar real va shartli bodishi mumkin. DEBILLIK - tug‘ma yoki turmush jarayonida hosil qilingan aqliy zaiflik. DEPERSONA LIZATSIYA — shaxsda shaxsiy “m en ” hissining yo‘q bodishi. DEPRESSIYA - tushkunlik kayfiyati; odamda intilishlarning susayishi, harakatlarning tormozlanishi bilan bogdiq ravishda yuzaga keladigan ruhiy holat. DETERMINIZM - tabiatdagi barcha narsalar, shu jumladan, psixik hodisalarning ro‘y berishi obyektiv sabablar va qommlar bilan belgilanadi, degan qarash. DIALOG - ikki va undan ortiq kishilarning o‘zaro og‘zaki gaplashishi. Download 25.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling