Glossariy abuliya


Download 25.32 Kb.
bet4/13
Sana27.12.2022
Hajmi25.32 Kb.
#1067813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sxyAW3NX8JcNTnHtXZ12irhsOZgVpAUjNEB1GrKA

DIN PSIXOLOGIYASI - diniy ong, his-tuyg‘ular kabi fenomenlarning ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i.
DIFFERENS1AL PSIXOLOGIYA - psixologiya fanining bir qismi bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi individual psixologik farqlarni o‘rganadi.
DIFFUZ GURUH - odamlarning tasodifiy birlashuvi natijasida hosil bo‘lgan guruh.
DIQQAT - ongning muayyan obyektga yo‘naltirilishi va unda to‘planishidan iborat psixik holat. Diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy, va ixtiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi.
DOMINANTA - markaziy nerv tizimining vaqtincha hukmron qismi bo‘lib, boshqa qismlar faoliyatini tormozlaydi.
YETAKCHIFAOLIYAT - faoliyat turlaridan biri bo‘lib, bunda faoliyat ta’sirida ma'lum davr ichida shaxs sifat jihatidan o‘zgaradi. Masalan, bog‘cha yoshi davridagi o‘yin faoliyati.
YOSH - individning ma’lum aniq vaqtda belgilangan psixik taraqqiyotining bosqichi.
YOSH PSIXOLOGIYASI - psixologiya fani tarmoqlaridan bo‘lib, turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini va rivojlanish qommiyatlarini o‘rganadi. YOSH DAVRI NIZOLARI - o‘ziga xos, uncha uzoqqa cho‘zilmaydigan ontogenez davrlari bo‘lib, bu vaqtda keskin psixik o‘zgarishlar ro‘y beradi. JAMOA - maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi.
ZAVQLANISH - muvaffaqiyatli biror bir ijodiy ishni ko‘rish, eshitish, sezish orqali paydo boladigan psixik holat.
IDEAL - biror narsaning namunasi, ayrim odam yoki guruh hatti-harakatlari va intilishini belgilovchi oliy maqsad.
IDENTIFIKATSIYA - shaxsning o‘zini o‘zga odam bilan emotsional va boshqa tomondan tenglashtirishi.
IDEOMOTOR АКТ - muskullar harakati haqidagi tasavvurlarning real harakatlarga ta’siri.
IDROK-sezgia’zolariga ta’sir etibturgannarsavahodisalarning bevosita yaxlitligicha aks ettirilish jarayoni.
IDROKNING KONSTANTALIGI - idrok sharoiti o‘zgarsada, idrok qilishdan hosil bo‘lgan narsalar (ularnnng shakli, rangi, hajmi) idrok etilishining nisbatan o‘zgarmasligi, turg‘unlik holati.

Download 25.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling