Xalqaro shartnoma siyosiy ahamiyat kasb etuvchi va boshqa siyosiy, iqtisodiy, marifiy-madaniy masalalar qatori atrof-muhit muhofazasiga oid xalqaro meyorlarni ozida aks ettiruvchi hujjat.
\Hayvonot bogi ekologik talim-tarbiya ishlarini yolga qoyish, hayvonlarning nodir ekzotik va mahalliy turlari ekspozitsiyalarini yaratish, ularning irsiy fondini saqlab qolish, yovvoyi hayvonlarni organish hamda ularni tutqunlikda kopaytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish maqsadidagi muassasa.
Hayvonot dunyosidan hayvonot dunyosi obektlarining
foydalanuvchilar foydali xususiyatlaridan oz ehtiyojlarini qondirish maqsadida jismoniy hamda yuridik shaxslarning qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda foydalanishlariga aytiladi.
Hayvonot dunyosini ekologik- quruqlikda, suvda, atmosferada va
huquqiy muhofaza qilish tabiiy erkinlik holatida yashaydigan, Ozbekistonda doimiy va vaqtinchalik yashaydigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, ilmiy yoki ekologik maqsadlarda yarim erkin sharoitda yoki suniy yaratilgan yashash muhitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni huquqiy jihatdan tartibga solish.
Ekologik audit davlat royxatidan otgan yuridik shaxslar (auditor firmalar) tomonidan ekologik ekspertizani mustaqil, tarmoqdan tashqari bolgan tarzda olib borish.
Ekologik barqarorlik inson faoliyati va tabiat «injiqlik»lari (zilzila, toshqin, sunami va h.k.)ning atrof-muhitga salbiy tasir etmaydigan darajasi, yani malum bir hudud, kenglik va mintaqada ekologik xavfsiz muhit holatini bir meyorda ushlab turish.
Ekologik javobgarlik ekologik xavfsiz muhitni taminlashdagi davlat, jamiyat va shaxslarning hozirgi hamda kelajak avlodlar oldidagi burchlari va majburiyatlari, shuningdek, ularni bajarmasligi tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy va yuridik harakterdagi salbiy oqibatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |