Telegramma – yuridik shaxslar va xodimlarga biror ma’lumotni yetkazuvchi hujjat.
Telefonogramma – shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga telefon orqali yetkazish. Yuridik shaxslar va xodimlarga biror tadbirni tashkil etishga chaqirish hujjati.
Tijorat yozishmasi – yuridik shaxslar yoki xodimlarning savdosotiqqa oid global muammolarni hal etishga oid hujjati.
Xatlar – davlatlar va shaxslar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlarga oid yozishmalar, muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjat. Xat orqali turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |