Glossariy ariza
Download 20.44 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bildirishnoma
- Da’vo xati
- Buyruq
- Ish yuritish hujjatlari
GLOSSARIY Ariza – biron-bir muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Axborot xati – ko‘zlangan maqsad, ma’lum tashkilot yoki muassasa yoxud shaxsni amalga oshirishlayotgan tadbirdan xabardor etishga qaratilgan hujjat. Bildirishnoma – biron-bir muassasa rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea yoki hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan rasmiy hujjat. Dalolatnoma – muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ishharakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Da’vo xati – ma’lum bir muassasaning boshqa bir idora yoki transport tashkilotlariga nisbatan talab va e’tirozlari bayon qilingan xat (reklamatsiya). Bayonnoma – turli yig‘ilish, kengash va boshqa turdagi anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. Buyruq – muassasaning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi belgilab berilgan hujjat. Buyruqdan ko‘chirma – bajarilishi rejalashtirilgan hujjatning asliga to‘g‘rilangan nusxasi. Diplomatik yozishma – yuridik shaxslar yoki xodimlarning davlatlararo munosabatlarni yoiga qo‘yishga moijallangan rasmiy hujjati. Guvohnoma – shaxslarning korxona ishchisi, mansabdor shaxs ekanligi, yuridik maqomga oid kishi ekanligiga guvohlik beruvchi rasmiy hujjat. Ish yuritish hujjatlari – rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi, rasmiy yozma vositalar orqali axborotni xolis aks ettiruvchi ma’lumotlar yig‘indisi. Ichki hujjatlar – tashkilotning ichida tuzilib, boshqaruv jarayonida xodimlar tomonidan foydalaniladigan hujjatlar. Download 20.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling