Glossariy ariza
Download 20.44 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushuntirish xati
- Tarjimayi hol
- Yo‘riqnoma
- Modemogramma
Ilova xati – xatni qabul qilib oluvchilarni jo‘natiladigan hujjatlar haqida yozma xabardor qilish uchun qoilanuvchi qisqacha xabar qog‘ozidir.
Iltimos xati – mutaxassislarning maium bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali bildirgan iltimos hujjati. Tushuntirish xati – u yoki bu sabablar oqibatida qilingan va qilinmay qolgan ishlar haqida yetarlicha ma’lumot beruvchi hujjat. Tilxat – u yoki bu narsani olganligi yoxud qabul qilganligi, berganligi borasida javobgarlikni o‘z zimmasiga olish uchun berilgan hujjat. Tarjimayi hol – kishilarning shaxsiy hayoti va faoliyati bilan aloqador bo‘lgan ma’lumot tog‘risidagi hujjat. Ko‘rsatma – biron-bir korxona boshlig‘i yoki mansabdor yuridik shaxsning muayyan ishni bartaraf etishga qaratilgan ifodalar bayoni. Farmoyish – qonunlarda ko‘rsatilgan ishlarni ichki tartib asosida olib borishga qaratilgan ishlar. Kafolat xati – muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuzilgan xat. Yo‘riqnoma – muayyan muammoni ado etishda berilgan yoiyo‘riq. Nizom – ustav – tashkilotning bajarishi belgilab berilgan qoidalar. Manzil – muayyan joyning joylashgan yeriga aniqlik kirituvchi ma’lumot. Mehnat shartnomasi – xizmat vazifasini amalga oshrishda ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi shartlar majmuasi. Mehnat daftarchasi – shaxslarning ishga oid faoliyatini rasmiylashtirib boruvchi rasmiy hujjat. Modemogramma – o‘ta maxfiy yoki shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga internet elektron pochtasi orqali yetkazish. Shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi – ish faoliyatini olib boruvchilar shaxsiy faoliyatining namunali hujjatlar majmuasi. Shaxsiy varaqa – kishilarning ishga kirishdan oldin topshiriladigan o‘zi haqida tanishtiruv bayoni majmuasi. Taklifnoma – biror-bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan yozma axborot. Download 20.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling