Glossariy arxeologiya
Download 226.99 Kb. Pdf ko'rish
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbek xalqining etnik shakllanish bosqichlari
- Baqtriya yozuvi
Etnik jarayon-kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo‘lgan turli qabila va elatlarning asrlar
davomida qo‘shilib, aralashib borish jarayoni. Etnogenez (yunoncha “etnos” xalq, “genesis” tug‘ilish)-biron bir xalqning kelib chiqish jarayoni. Etnonim-biron bir xalq nomi. O‘zbek. “O‘zbek” atamasining kelib chiqishi xususida fanda ikki xil yondoshuv mavjud: birinchi guruh tadqiqotchilar “O‘zbek” atamasining kelib chiqishini Oltin O‘rda xoni O‘zbekxon (1312-1342) bilan bog‘lasalar, ikkinchi guruh olimlar “o‘zbek” atamasi o‘rta asrlarda Dashti Qipchoqda yashovchi ko‘chmanchi xalqlarning boshqalarga tobe bo‘lmagan, “o‘ziga bek”, “o‘z- o‘ziga bek”, talqinidan kelib chiqqan deb hisoblashadi. YUqoridagi taxminlardan ikkinchisi tarixiy haqiqatga yaqinroq. CHunki “O‘zbek” atamasi qabilalar uyushmasi va shu qabilalarga qarashli erlarning nomi sifatida O‘zbekxonga qadar ham qo‘llanilgan. Jumladan Mirzo Ulug‘bek o‘zining “Tarixi arba’ ulus” asarida “o‘zbek ulusi O‘zbekxonga berildi” deb qayd qiladi. Bundan tashqari O‘zbekxondan oldin ham shu nomda bir necha tarixiy shaxslar o‘tgan. Jumladan, XIII- asr boshlaridagi Ozarbayjon hukmdorining ismi ham O‘zbek Otabek bo‘lgan. O‘zbek xalqining etnik shakllanish bosqichlari-O‘zbek xalqi ikki xil til (turkiy va forsiy)da so‘zlashuvchi qabila va elatlarning aralashishi va qorishuvidan tarkib topgan bo‘lib, bu ikki tilda so‘zlashuvchi jamoalarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi so‘ngi bronza davri (mil. avv. II - ming yillikning oxiri)da yuz berdi. Bu davrni o‘zbek xalqi etnogenezining boshlanishi ya’ni birinchi bosqichi deb hisoblashimiz mumkin. “Avesto”- o‘rta fors tilidan “Apastak” yoki “Asos” deb tarjima qilinadi. O‘rta Osiyoning ajralmas qismi hisoblangan Turonzamin hududlarida shakllangan qadimiy din-zardushtiylikning muqaddas kitobidir. Unda o‘zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg‘on va boshqa xalqlarning ibtidoiy va qadimiy ahloqiy tasavvurlari, koinot va erdagi dunyoning yaratilishi bilan bog‘liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-ahloqiy qarashlar o‘z ifodasini topgan. Antik davr-lotinchadan antik-“qadimgi” demakdir. O‘rta Osiyo tarixida miloddan avvalgi IV asrdan (yunon-makedon istilosidan) boshlab milodiy V asrga qadar bo‘lgan davr antik davr deb yuritiladi. Baqtriya-geografik hudud. Qadimgi Baqtriyaga hozirgi Janubiy O‘zbekiston (Surxondaryo), Janubiy-G‘arbiy Tojikiston va SHimoliy Afg‘oniston erlari kirgan. Ilk o‘rta asrlar davriga kelib qadimgi Baqtriya erlarida ko‘chmanchi turkiy qabila-toxarlar keng yoyilishi munosabati bilan Tohariston deb yuritilgan. Baqtriya yozuvi-Miloddan avvalgi IV asr oxirigacha qadimgi Baqtriya hududlarida oromiy yozuvi ishlatib kelingan. Keyin Baqtriyada mahkama tili va yozuvi yunoncha bo‘lgan. Keyin miloddan avvalgi III-II asrlar chegarasida oromiy va qadimgi yunon alifbosiga asooslanib Baqtriya yozuvi ishlab chiqiladi. Bizgacha yuzdan ortiq baqtriya yozuvi na’munalari va so‘zlari etib kelgan. Baqtriya yozuvi topilmalari asoson miloddan avvalgi I-asr va milodiy I asrlarga taalluqli bo‘lib, baqtriya tili va yozuvi uncha yaxshi o‘rganilmagan. Download 226.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling