Glossariy arxeologiya


Download 226.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi226.99 Kb.
#1027071
  1   2   3   4   5
Bog'liq
GLOSSARIY



GLOSSARIY 
Arxeologiya (yunoncha “archaios”-qadimgi, “logos”-fan)-insoniyat o‘tmish tarixini 
moddiy madaniyat yodgorliklari (mehnat qurollari, asbob-anjomlari, qurol-yarog‘lari, turar 
joylari, qurilishlari, qabrlarini) qazishmalar orqali o‘rganuvchi fan.
Geneologiya (yunoncha “genealogia”-shajara, nasl-nasab) 
1.Insonlar shajarasini, qarindosh-urug‘chilik aloqalarini o‘rganuvchi tarixning yordamchi 
fan sohasi. 
2.SHajara, biron bir urug‘ yoki shaxsning tarixi; nasl-nasab shajarasi. 
Gnoseologiya (yunoncha “gnosis” bilim, “logos” fan)-borliqni, dunyoni bilish va chin 
haqiqatga erishish haqidagi hamda bilishning manbalari va shakllari to‘g‘risidagi ta’limot. 
Borliqni bilish nazariyasi. 
Milodiy yil hisobi-jahon xalqlari o‘tmish tarixdagi voqea-hodisalarni ma’lum tartib, 
ketma-ketlikda bayon etishga ehtiyoj sezib, o‘zlarining yil hisobilarini, - kalendarlarini 
yaratishgan. Qadimgi Misrda, Mesopotamiya xalqlarida, Hindlarda, Xitoyliklarda, YUnonlarda 
va qadimgi Rimliklarda o‘ziga xos yil hisobi (kalendar) amal qilgan. Jumladan, musulmon 
dunyosida bugunga qadar amal qilib kelinayotgan hijriy yil hisobi mavjud. O‘rta Osiyo xalqlari 
ham Movarounnahrga islom dini va islom madaniyati kirib kelishi bilan bir vaqtda asta-sekin 
hijriy yil hisobidan foydalana boshlaganlar. Vatanimiz tarixining arab istilosidan to XX asr 
boshlarigacha bo‘lgan tarixiy voqealari o‘rta asr qo‘lyozmalari va boshqa yozma manbalarda 
hijriy yil hisobi bilan yoritib kelingan.
Numizmatika-tangashunoslik fani. Qadimiy tangalardagi belgi-rasmlar, tasvirlar, 
tamg‘alar va yozuvlar orqali ijtimoiy-siyosiy tarixning ayrim jihatlarini o‘rganuvchi tarixning 
yordamchi fan sohasi. 
Xronologiya (yunoncha “xronos”-vaqt, “logos”-fan.)-tarixiy taraqqiyot bosqichlari, 
voqealarning davriy ketma-ketligini o‘rganuvchi tarixning yordamchi fan sohasi. 
Etimologiya (yunoncha “etymon”-haqiqat, chin “logos”-fan)-biron bir so‘z yoki 
atamaning kelib chiqishi, uning boshqa so‘zlar bilan o‘zaro yaqinlik aloqalarini o‘rganuvchi fan 
sohasi. 
Etnografiya (yunoncha “etnos” xalq, “grapho” yozaman) -tarixning yordamchi fan sohasi 
bo‘lib, xalqlarning urf-odatlari, xo‘jaligi va madaniyatini; xalqlar, etnik birlikning turli tiplari, 
ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmushi, tarixiy va madaniy munosabatlarini o‘rganadigan 
ijtimoiy fan. Etnografiya fani asosiy e’tiborni hozirgi xalqlarga qaratgan holda o‘tmishda mavjud 
bo‘lgan barcha etnik birliklarni ilmiy o‘rganishni ham qamrab oladi. 

Download 226.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling