Glossariy arxeologiya
Download 226.99 Kb. Pdf ko'rish
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Budun
Behistun bitiklari-SHimoliy Eronda, Kirmonshoh shahri yaqinida, tog‘ oralig‘idan o‘tgan
qadimgi savdo yo‘li yoqasidagi qoyaga ahmoniylar hukmdori Doro I (522-486) ning toshga qadimgi fors, elam va akkad tillarida yozdirgan zafarnomasi. Unda qadimgi SHarq va O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari (xorazmliklar, baqtriyaliklar, marg‘iyonaliklar, saklar) haqida ma’lumotlar keltirilgan. Buddaviylik-paydo bo‘lishi tarixiy davriga ko‘ra, birinchi jahon dini hisoblanib u bundan 2600 yil avval shimoliy-sharqiy Hindistonda vujudga kelgan. Uning asoschisi shahzoda Siddxartxa Gautamadir. Siddxartxa vafotidan so‘ng Budda (“Nurlangan”, “Oliy haqiqatga erishgan”, “Haqiqat najotkori”) deb atalgan. Budaviylik dinining nomi ana shundan olingan. Buddaviylik dinining muqaddas kitobi “Tripitaka” (“Uch savat donolik”) deb ataladi. Buddaviylik ta’limotining asosini “to‘rt oliy haqiqat” tashkil etadi: 1.Azob-uqubatlar mavjudligi haqidagi ta’limot; 2.Azob-uqubatlarning sabablari mavjudligi haqidagi ta’limot; 3.Azob-uqubatlarning bartaraf bo‘lishi haqidagi ta’limot; 4.Azob-uqubatlardan qutilishning najot yo‘li borligi haqidagi ta’limot. Bu din eramiz boshlarida O‘rta Osiyoga ham keng yoyila boshladi. Kushonlar saltanati (I- IV asrlar) va Eftaliylar davrida budda dini davlat dini darajasiga ko‘tarilgan va O‘rta Osiyo hududlariga keng tarqalgan. Budda dini O‘rta Osiyo orqali SHarqiy Turkiston, Mo‘g‘iliston va Xitoyga yoyilgan. Budun-Turk xoqonligi davrida ko‘chmanchi chorvador aholi. Buxorxudot-Ilk o‘rta asrlarda Buxoro mahalliy hukmdorlari. 707-708 yillarda Buxoroni arablar bosib olganidan keyin buxorxudot hukmdorlarligi o‘z mavqeini yo‘qotdi. VII asr oxiri- VIII asr boshlarida Buxoroda Bidun, Tug‘shoda, Buniyot va Sikun ismli buxorxudotlar hukmronlik qilganlar. Bug‘rolar-X-XI asrlarda qoraxoniylar xoqonligining g‘arbiy qismi (Ettisuv, Qoshg‘ar va Janubiy Qozog‘iston)ni hoqon nomidan idora qilgan sulola xonlarining laqabi. Uning yirik vakillari Abdulkarim Sotuq Bug‘roxon va uning nabirasi Xorun ibn Muso davrida Ettisuv va Qoshg‘ardagi ko‘pchilik turkiy xalqlar islom dinini qabul qiladilar. Xorun ibn Muso Somoniylar davlatida kuchayib ketgan feodal kurashdan foydalanib, 992 yil may oyida Movarounnahrni egalladi. “Bug‘ro” ikki o‘rkachli tuyadir. Bug‘ro qoraxoniylar davlatining tashkil topishida muhim rol o‘ynagan yag‘mo qabilalarining totemi-ajdodi ibtidosi hisoblangan. Download 226.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling