ELEKTRONNING KLASSIK RADIUSI - klassik va kvant elek-trodinamikasining ko‘pgina formulalariga kiruvchi, uzunlik o‘lchamlariga ega bo‘lgan asosiy kattalik ro=2,81794x10-13 sm
ELEKTRONVOLT - tizimdan tashqari energiya birligi; mikrozar-ra energiyasini o‘lchashda ishlatiladi. 1 eV = 1,60201x10-19 Joul = 1,60201x10-12 erg.
ELEMENTAR ZARRALAR Elementar zarralarning asosiy xususiyatlari va klassifikatsiyasi. Zarra va antizarralar. Elementar zarralar va saqlanish qonunlari. Elektromagnit o’zaro ta’sir. Kuchli o’zaro ta’sir. Kvarklar. Kuchsiz o’zaro ta’sir.
ENERGIYA - yunon. energia - ishlash, faoliyat - turli shakldagi ma-terialning harakatlari va o‘zaro ta’sirlarining umumiy miqdoriy o‘lchovi; ish o‘lchamligiga ega
ENERGIYA SATHI - kvant tizimning mumkin bo‘lgan energiya qiymatlari
ENERGIYA SATHI - kvant tizimning mumkin bo‘lgan energiya qiymatlari
ENERGIYA SATHLARINING AJRALISHI - tashqi yoki ichki elektrik yoki magnitik o‘zaro ta’sir tufayli atom yoki atom yadrosining har bir energiya sathidan bir necha sathchalar hosil bo‘lishi
ENERGIYA SATHLARINING AYNISHI - atom, molekula yoki boshqa kvant tizimlarda tizim energiyasining birdan-bir qiymatiga mos, le-kin biror kvant son bo‘yicha farq qiluvchi bir necha turg‘un holatlari mav-judligi; bu xossa kvant tizim kuch maydonining muayyan simmetriyasi mavjudligi bilan bog‘liqdir
ENERGIYAVIY SATHNING EGALLANGANLIGI - berilgan energetik sath uchun hajm birligidagi egallangan holatlar sonining ular-ning statistik og‘irligiga bo‘lingan qiymati
ENERGIYAVIY SOHA - kristallda energiyaning eng kichik va eng katta qiymatlari bilan tavsiflanadigan elektronlar to‘la energiyaviy qiymat-lari sohasi
ENERGIYAVIY SPEKTR - 1) tizim ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan energiya qiymatlari majmui; 2) elektrmagnitik nurlanish yoki korpuskul-yar nurlanish energiyalari qiymatlari majmui
ERKIN ELEKTRON - yadroga tortilishdan ozod bo‘lgan va modda ichida yoki vakuumda erkin harakat qila oladigan elektron
Do'stlaringiz bilan baham: |