Glossariy avesto zardushtiylik dinini muqaddas kitobi. Aqidaparastlik


Download 35.26 Kb.
bet6/16
Sana25.02.2023
Hajmi35.26 Kb.
#1228041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
MANAVIYATSHUNOSLIK. GLOSSARIY

TURKISTON ISLOMIY HARAKATI-1990 yillarda Farg‘ona
vodiysida tashkil topgan O‘zbekiston islom harakati nomli diniy ekstremistik guruhlar. Hozirgi vaqtda bu tashkilotni Turkiston islomiy harakati deb nomi o‘zgartirildi. Ular butun Markaziy Osiyoda islom «xalifalik» davlatini qayta tiklashni maqsad qilib qo‘ygan.
TOLERANTLIK - (lot. CHidamoq, bag‘rikenglik ma’nosida) mamlakatda, jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish bo‘lib, tinchlik, barqarorlik muhitini yaratish maqsadida boshqa dinlarga bag‘rikenglik bilan do‘stona munosabatda bo‘lishni anglatadi.
TERRORCHI KAMIKADZE - tushunchasida yoshlar, ayollardan shahidlar ya’ni maxsus tayyorlangan, o‘rgatilgan shaxslarning jamoat joylari, davlat idoralari oldida o‘zini o‘zi portlatib, qurbon qilib, jannati bo‘lishni maqsad qilgan kishilardir.
TOLIBONLAR - Afg‘onistonda hokimiyat uchun qurolli kurashgan diniy ekstremistik va terroristik harakat.
TRADITSIONALISTLAR - o‘rta asrlarda qaror topgan diniy tartib-qoidalarni har qanday sharoitda ham saqlab qolishga chaqiruvchi, har qanday yangiliklarni dinga kiritishga qarshi chiqib, sabr-toqat asosida ish ko‘radigan oqimdir.
FANATIZM - (mutaassiblik) o‘zining e’tiqodiga o‘ta berilib ishonish.
FARISHTA - nurdan yaratilgan, nafs va hohishga ega bo‘lmagan, faqatgina unga xudo tomonidan buyurilgan muayyan vazifalarni og‘ishmay bajaradigan, insonlar ko‘ziga ko‘rinmaydigan mahluq.
FUNDAMENTALIZM- muayyan dinning vujudga kelishdagi ilk davriga qaytish va shu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suradi.
FIQH ILMI- (arab. tushunish) islom shariat qonun-qoidalarni o‘rganuvchi fan.
XALIFALIK DAVLAT musulmonchilikka xos hokimiyatni boshqarish tartibi. Bunda jamiyatning dunyoviy va diniy hayotiga Xalifa boshchilik qiladi.Islom diniy ekstremizmini ham maqsadi islom mamlakatlarida xalifalik davlatini qayta qurishdir.
«HIZBUT-TAHRIR AL-ISLAMI-» (Islom ozodlik partiyasi) diniy ekstremistik tashkilot bo‘lib, islom dunyosiga keng tarqalgan partiyadir. Jumladan, O‘zbekistonda ham mahfiy tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi.

Download 35.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling