Glossariy avesto zardushtiylik dinini muqaddas kitobi. Aqidaparastlik


XALIFA - Payg‘ambardan keyingi davrda hokimiyatni boshqaruvchi musulmon jamoasining (davlati) boshqaruvchisi. HANBALIY MAZHABI


Download 35.26 Kb.
bet7/16
Sana25.02.2023
Hajmi35.26 Kb.
#1228041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
MANAVIYATSHUNOSLIK. GLOSSARIY

XALIFA - Payg‘ambardan keyingi davrda hokimiyatni boshqaruvchi musulmon jamoasining (davlati) boshqaruvchisi.
HANBALIY MAZHABI - islomning sunniylik yo‘nalishdagi diniy huquq, qonun qoidalarini belgilovchi to‘rtta mazhablardan biri.
HANAFIYLIK - islomdagi eng ko‘p tarqalgan mu’tadil huquqiy mazhab. Uning asoschisi Imom A’zam Abu Xanifa. O‘zbekiston musulmonlari ham xanafiylik qonunchiligiga asoslanadi.
HIJOB - islomda ayollarning diniy ibodat kiyimi.
HIJRAT Muhammad Payg‘ambar uning tarafdorlari bo‘lgan Sahobalarni 622 yilda Makkadan Madinaga ko‘chishni bildiradigan tushuncha. SHu yildan boshlab musulmonlarning hijriy yili hisobi boshlangan.
SHARIAT islomda to‘g‘ri va ilohiy yo‘l ma’nosida bo‘lib, islom diniy tizimni anglatuvchi tushuncha. Musulmonlar hayotining iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va ma’naviy faoliyatlarining huquqiy boshqarish tizimini o‘zida jamlagan qonunlar majmuasi.
SHAHID - Islomda din yo‘lida chinakam, chuqur e’tiqodi asosida jangda halok bo‘lganlarga yoki savob ishi jarayonida fojeali halok bo‘lganlarga nisbatan ishlatiladi. «SHahidlar» hech qanday to‘siqsiz, so‘roqsiz jannatga kiradi. degan tushuncha mavjud. Diniy ekstremistik maqsadida jamiyatga zarar keltirish asosida o‘zini o‘zi portlatib, qurbon qilib o‘lishni islomda «SHahid» emas, balki harom o‘lim deb hisoblanadi.
EKSTREMIZM - tushunchasi (lot. o‘ta degan mazmunda). Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy harakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora-tadbirlar, fikr va qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir. Ekstremizm mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra diniy yoki dunyoviy bo‘lishi mumkin.
E’TIQOD - dunyoqarash shaxs, jamoa, guruh va jamiyat a’zolarini ma’lum bir g‘oya, ta’limot, yoki dinga qat’iy ishonish asosida uni haq deb bilib, shu ta’limot to‘g‘risidagi tasavvur va bilimlarini tashkil qiladi. Inson shu g‘oyani yoki dinni o‘zining faoliyat dasturi deb hisoblaydi.
O‘ZBEKISTON ISLOM HARAKATI- 1996 yilda tashkil topgan bo‘lib, keyinchalik «O‘zbekiston islom partiyasi» ham deb atashdi. Hozir esa Turkiston Islom partiyasi deb nomini o‘zgartirishdi. Bu tashkilot diniy ekstremistik va terrorchilik yo‘nalish bo‘lib, asosiy maqsadi Markaziy Osiyo hududida «Buyuk Islom halifaligini» tiklashni ko‘zda tutadi. Asosiy kurash usuli terrorchilik. «Harakat» rahbari (amir Tohir Yo‘ldoshev.)
QIYOMAT - (arab. «Tik turish») bu dunyoning oxiri, narigi dunyoning boshlanishi ya’ni oxiratda barcha o‘lganlarning qayta tirilib, hayotidagi qilgan savob yoki gunoh amallaridan hisob berish davri.

Download 35.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling