Glossariy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (aat)


Download 202 Kb.
bet14/25
Sana06.05.2023
Hajmi202 Kb.
#1436040
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
ГЛОССАРИЙ

Matnli protsessor – matnli hujjatlarni yaratish va ishlov berish uchun mo’ljallangan amaliy dasturiy mahsulot turi.
Maqsadintilish predmeti, oldindan mo’ljallangan yakuniy g’oya, tizim harakatining kutilgan natijasi, tizim nima uchun faoliyat yuritayotganini belgilaydi.
Mahalliy tarmoqbir tashkilot yoki ishlab chiqarish birlashmasi doirasida kompyuterlarni o’zida mujassam-lashtirgan tarmoq.
Ma’lumotlar bazasi (MB)ob’ektlarning muayyan sinflarini tavsiflovchi axborot massivlarining majmui; kompyuterning uzoq, muddatli xotirasida saqlanayotgan berilganlar va ular ustida aniq, amallarni bajarishga imkon beradigan ma’lumotlar yig’indisi.
Malumotlar bazasidagi doimiy ma’lumotlarma’lumotlar bazasining uzoq, muddat o’zgarmay qoladigan elementlari.
Malumotlar bazasidagi o’zgaruvchan ma’lumotlarma’lumotlar bazasining qiymati tez-tez o’zgartirib turadigan elementlari.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)ma’lumotlar bazasini yaratish va uni dolzarb holatda saqlab turishni amalga oshiradigan, shuningdek, turli foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotlardan o’z maqsadlari uchun foydalanish imkoniyat-larini ta’minlaydigan dasturlar majmui; ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun maxsus yaratilgan dastur.
Ma’lumotlar bazasini boshqarishning relyatsion tizimima’lumotlarning relyatsion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan ma’lumotlar bazasini yaratish tizimi.
Malumotlar bazasini boshqarishning ierarxik tizimima’lumotlarning ierarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan ma’lumotlar bazasini yaratish tizimi.
Malumotlar bazasini boshqarishning tarmoqli tizimima’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan ma’lumotlar bazasini yaratish tizimi.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling