Glossariy avtonomlashuv


Download 69.68 Kb.
bet1/12
Sana03.06.2024
Hajmi69.68 Kb.
#1842032
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
GLOSSARIY 22-tema


GLOSSARIY


Avtonomlashuv-(avtova homus (yunon)-qonun) o’z-o’zini boshqarish va tartibga solish imkoniyatini qo’lga kiritish.
Adaptatsiya-insonning ijtimoiy muhit bilan faol o’zaro munosabatda bo’lish va uning potensialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati.
Anamnez-ota-ona yoki bolani tarbiyalovchi boshqa shaxslardan shifokor, pedagog yoki psixolog tomonidan bola haqida ma’lumot olish. Anamnez to’planayotganda bolaning irsiyligi, boshdan kechirgan kasalliklari, nutq, o’yin faoliyati rivojlanish xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar aniqlanadi.
Anomaliya-jism yoki ruhiy rivojlanishning umumiy normalaridan ancha og’ish.
Anomal bolalar-normal ruhiy va jismoniy rivojlanishda buzulishlar bo’lgan bolalar. Ularni yengib o’tish maxsus uchun maxsus metodlar talab qilinadi.
Affektiv buzilishlar-emotsional sohaning buzilishi bo’lib, kuchli asabiylashish, asabiylashish darajasining tushib ketishida namoyon bo’ladi. (opatiya, befarqlik). Bular markaziy nerv sistemasining funksional va organik buzilishi oqibatida yuzaga keladi.
Bevositalik-inson va uning vaziyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lish va buni namoyish qilish.
Bir shaxsning boshqasiga ta’sir o’tkazishi-ong, iroda, xis-tuyg’u orqali inson faoliyati va xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatish. U ishontirish, emotsional yuqtirish orqali amalga oshiriladi. Ta’sir bir odam tomonidan ikkinchi odamni (uning qarashlari, tasavvurlari) o’zgartirish jarayoni va natijasi.
Bola-18 yoshga to’lmagan shaxs.
Bolalar ichkibozligi-bolalar deviant xulq-atvori shakllaridan biri bo’lib, ichkilikka patologik ruju qo’yish bilan xarakterlanib, shaxsning ijtimoiy degratatsiyasiga olib keladi.
Bolalar jinoyatchiligi-salbiy ijtimoiyhuquqiy hodisa bo’lib, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan barcha g’ayri huquqiy xatti-harakatlar majmuasi hisoblanadi.
Bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish- ijtimoiy himoyaning shakllaridan biri bo’lib, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy chora-tadbirlar majmuasi- ijtimoiy pedagog bolalarga turli yordam ko’rsatadi. Biroq ularning ichida ustuvor yordam bolalikni ijtimoiy pedagogik qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.

Download 69.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling