Glossariy avtonomlashuv
ijtimoiy pedagogik faoliyat-
Download 69.68 Kb.
|
GLOSSARIY 22-tema
ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolaga ijtimoiylashuv jarayonida va jamiyatda o’z-o’zini amalga oshirishi uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan professional faoliyat.
ijtimoiy pedagogik faoliyat texnalogiyasi-ratsional va maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar bilan xarakterlanadigan amaliy ijtimoiy pedagogik faoliyat, metod va usullari majmuasi. ijtimoiy pedagogik yordam-bolaning ijtimoiylashuvi va to’la qonli rivojlanishi uchun psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik chora-tadbirlar tizimi. ijtimoiy profilaktika-turli salbiy xarakterdagi ijtimoiy og’ishlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar va shart-sharoitlarni oldini olish, bartaraf etish yoki neytrallashtirishga qaratilgan davlat, ijtimoiy, ijtimoiytibbiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmuasi. ijtimoiy psixologik yordam-oila va mikro jamiyatda qulay mikroiqlimni yaratishga, uy, maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etishga qaratilgan yordam. ijtimoiy reabilitatsiya-insonning ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini tiklashga qaratilgan jarayon-texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi reabilitatsiyaga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ilgari suradi. ijtimoiy reabilitatsion yordam-bolalarning ruhiy, aqliy, emotsional holati va sog’ligini tiklashga qaratilgan yordam. ijtimoiy sog’lik-individning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarining mukammallashuvi shakli va vositalarini muayyan darajasidir, bu o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi ruhiy va shaxsiy rivojlanish darajasi. ijtimoiy sog’likning aksi ijtimoiy qarovsizlik holatidir. ijtimoiy tajriba-turli ko’nikmalar va malakalar, ___ va usullar, xulq-atvor normalari va stereotiplari, insonlar bilan muomala tajtibasi, adaptatsiya, o’z-o’zini anglab olish tajribalari majmuasi. ijtimoiy tarbiya-shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlarni shakllantirish jarayoni. Download 69.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling