Glossariy avtonomlashuv
Download 69.68 Kb.
|
GLOSSARIY 22-tema
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolaning ijtimoiylashuvi
- Vasiylik
- Denamik steriotip
Bolalikka olish-bolalikka oluvchi va bolalikka olinuvchi o’rtasida ota-ona va farzandlar o’rtasida mavjud huquq va majburiyatlarni o’rnatuvchi yuridik akt.
Bolalikni ijtimoiy himoyalash-qonunchilik va bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro konvensiyada mustahkamlangan voyaga yetmaganlar huquqlarining kafolatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bu bolalarning optimal biologik va ijtimoiy rivojlanishini, ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarga ko’nikishini ta’minlab beruvchi huquqiy, iqtisodiy, tibbiy va psixologik-pedagogik choralar kompleksidir. Bolaning ijtimoiylashuvi-uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi bo’lib, shu jamiyatda xos bilimlar, qadriyatlar, norma-qoidalar, xulq-atvor namunalarini o’zlashtirishdan iborat. (M.A..Galaguzova) Bolaning ijtimoiy adaptatsiyasi-bolaning ijtimoiy muhit sharoitlariga faol ko’nikishi, bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatlari turi. Bolaning ijtimoiy dezadaptatsiyasi-uning ijtimoiy muhit sharoitlariga muvaffaqiyatli ko’nikishiga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning yo’qotilishi. Vasiylik-muomalaga layoqatsiz shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish. Guruhning ijtimoiy psixologik iqlimi-guruh har bir a’zosining faoliyatiga ta’sir qiluvchi guruhdagi munosabatlarning dinamik maydoni. Deviant xulq atvor- ijtimoiy yoki axloqiy normalarga mos kelmaydigan xulq-atvor. Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”)-o’rnatilgan normalarni buzuvchi va huquqbuzarlikka olib keluvchi xulq-atvor. Denamik steriotip- bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo’lib, inson xatti-harakatining shartli reflektor tartibida namoyon bo’ladi. Ularga insonning odatlari, oddiy mehnat ko’nikmalari kiradi. Etim bolalar-18 yoshgacha bo’lgan bir yoki ota-onasining ikkisi ham vafot etgan bolalar. Etimlik-jamiyatda ota-onasidan judo bo’lgan bolalarning borligi bilan izohlanadigan ijtimoiy hodisa. Jamoa- ijtimoiy munosabatlar va yagona ijtimoiy faoliyat asosida birlashgan guruh. Download 69.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling