An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik
xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsatkichlarni
hisobga olgan holda qog‘ozda chop etiladigan manba;
Elektron o‘quv qo‘llanmalar – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni
jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish
imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba.
Elektron qo‘llanma (EQ) larga keladigan bo‘lsak, ular bilim oluvchilarning tasavvurini
kengaytirish, dastlabki bilimlarini rivojlantirish va chuqurlashtirish, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan
ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, imkoniyat darajasida ularning hamma fanlar bo‘yicha
yaratilishi maqsadga muvofiqdir.
Axborot texnologiyalari – kompyuterda saqlanayotgan axborot ustida aniq va belgilangan
har xil murakkablikdagi amallar, harakatlar bajarish usullari va jarayonlari majmuidan iborat.
Axborot texnologiyalarining maqsadi – boshlang‘ich ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan
harakatlar natijasida qayta ishlab, foydalanuvchi uchun zarur axborot olishdan iborat.
Axborot tizimi – muhit bo‘lib, unga kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, dasturiy
mhsulotlar, ma’lumotlar bazasi, xodimlar, har xil texnik va dasturiy aloqa vositalari kiradi.
Axborot tizimlarining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatish. Axborot tizimlari axborotga
ishlov berishning odam-kompyuter tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |