Glossariy informatika – kompyuterlar yordami va ularni
Download 298.04 Kb. Pdf ko'rish
|
4 GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter konferensiyalari
- Biometriya
- Kriptografiya
- Alfavit
- Kalit
- Simmetrik kriptosistemalarda
- Kalitlarni taqsimlash va kalitlarni boshqarish
- Kriptobardoshlik
Elektron taqvim. U jadval protsessoridan iborat, ma’lumotlarni tarmoq bo‘ylab uzatish
vositasiga ega bo‘lib, tashkilot boshqaruvchilari va boshqa xodimlarining ish jadvalini saqlash va ular bilan turli harakatlarni amalga oshirish uchun kompyuterning tarmoq variantidan foydalanishning yana bitta imkoniyatidir. Kompyuter konferensiyalari muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilari axborot bilan almashinish uchun kompyuter tarmog‘idan foydalanadi. Audiokonferensiyalar. Ular firmaning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo‘linmalari o‘rtasida kommunikatsiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Biometriya – bu insonning o‘zgarmaydigan biologik belgilariga asosan aynan o‘xshashlikka tekshirishdir (identifikatsiya). Kriptografiya - axborotlarni aslidan o‘zgartirilgan holatga o‘tkazishlarning matematik uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Kriptografiya ochik matnlarni shifrlash masalalarining matematik uslublari bilan shug‘ullanadi. Kriptoanaliz esa shifrlash uslubini (kalitini yoki algoritmini) bilmagan holda shifrlangan matnniig asli xolatini topish uslublari masalalari bilan shug‘ullanadi. Alfavit – axborotlarni kodlashtirish uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to‘plami. Matn – alfavitning elementlaridan (belgilaridan) tashkil topgan tartiblangan tuzilma. SHifrlangan – ochiq matn deb ataluvchi dastlabki matnni shifrlangan matn holatiga o‘tkazish jarayoni. Deshifrlash – shifrlashga teskari bo‘lgan jarayon, ya’ni kalit yordamida shifrlangan matnni dastlabki matn holatiga o‘tkazish. Kalit – bevosita dastlabki matnni shifrlash va deshifrlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumot. Kriptografik sistema – ochiq matnni shifrlash (deshifrlash) jarayonini tashkil etuvchi amallar majmui bo‘lib, alfavitlar belgilarini almashtirishlar ketma-ketligidan iborat. Simmetrik kriptosistemalarda shifrlash uchun ham va deshifrlash uchun ham bir xil kalit (uslubdan) foydalaniladi. Ochiq kalitli kriptosistemalarda ikkita kalitdan foydalaniladi – o‘zaro matematik bog‘liq bo‘lgan ochiq va yopiq kalitlardan. Bunda ma’lumotlar hammaga ma’lum bo‘lgan ochiq kalit bilan shifrlanadi va faqat ma’lumot yuborilayotgan shaxsga ma’lum bo‘lgan yopiq kalit bilangina deshifrlanadi. Kalitlarni taqsimlash va kalitlarni boshqarish – kalitlarni foydalanuvchilar orasida taqsimlash va shu kalitlarni yaratish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Elektron (raqamli) imzo – matnga ilova qilinadigan kriptografik almashtirishdan iborat bo‘lib, shu matn jo‘natilgan shaxsga matnning haqiqiy yoki nohaqiqiy ekanligini aniqlash imkonini beradi.
deshifrlashni qiyinlik darajasini belgilaydi. Ekspert tizimi menejerga yoki mutaxassisga tizimlarda to‘plangan bilimlarga doir har qanday muammo bo‘yicha maslahat olish imkoniyatini beradi. Sun’iy intellekt deyilganda, odatda kompyuter tizimlarining shunday harakatlarni bajarish qobiliyati tushuniladiki, agar bu harakatlarni odam bajarganda uni intellektual deb atash mumkin bo‘lardi. Download 298.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling