Tijorat yoki umumiy maqsadlarda ishlatiladigan multimediya tizimlari ish jarayonini
optimallashtirish, hodimlarni o‘qitish, video namoyishlar, va video konferensiyalar o‘tkazishga
mo‘ljallangan.
Ovozning FM-sintezi operatorlar deb ataladigan signallarning maxsus generatorlarni
ishlatish bilan amalga oshiriladi.
Interfeyslar moduli o‘z ichiga musiqa asboblari interfeysi, ko‘pincha MIDI (Musical
Instrument Digital Interface) ni va mos formatda ovozni chiqarish vositalarini oladi.
Video (lotinchadan video - ko‘rish, eshitish) – televideniya prinsiplariga asoslangan tasvir
signallarini shakllantirish, yozish, qayta ishlash, uzatish va eshitish uchun mo‘ljallangan elektron
texnologiya.
Raqamli video - vizual va audio vizual materiallarni raqamli ko‘rinishda yozish, qayta
ishlash, uzatish, saqlash va eshitish uchun mo‘ljallangan texnologiyalar majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |