Kompyuter grafikasi - axborotni grafik ko‘rinishda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga
ishlov berish, shuningdek, grafik ob’ektlar va fayllarda bo‘lgan nografik ob’ektlar o‘rtasida
bog‘lanish o‘rnatish.
Rastrli kompyuter grafikasi - bunda tasvir uni hosil qiluvchi nuqtalar (piksellar, pellar)
yordamida hosil qilinishi tushuniladi.
Vektorli grafika deb – tuzilishi jihatidan murakkabroq va har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan
geometrik ob’ektlar to‘plamiga aytiladi.
Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik
hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir.
CorelDraw - vektorli grafikaning Windows operatsion sistemasida ishlaydigan yangi
grafiklar yaratish va tahrir qiluvchi dasturidir.
Adobe Photoshop grafik muharriri birinchi navbatda grafikli tasvirlarni tashkil qilish
emas, balki ularni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |