Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari
Download 35.24 Kb.
|
84995 4.ГЛОССАРИЙ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mafkuraviy xavfsizlik
- Mafkuraning funksiyalari
- Metodologiya
Mafkuraviy tizim — mafkuraviy ishlarni boshqarish, jamiyatning turli ijtimoiy institutlari: oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ta’lim maktablari, о‘rta maxsus va oliy о‘quv yurtlari, mehnat jamoalari, mahalla kengashlari, jamoat tashkilotlari, madaniy-ma’rifiy uyushmalar tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, ularni yagona maqsad tomon yо‘naltirish omillari (ish vaqti va ishdan keyingi bо‘sh vaqt) va vositalari (fan, adabiyot, san’at, matbuot, radio, televideniye, kino, muzey va hokazo), uslublari (tushuntirish, ishontirish, majbur qilish) va usullarining (alohida, jamoaviy, ommaviy) yaxlit bir butun uyushmasi.
Mafkuraviy xavfsizlik – shaxs, millat, jamiyat, davlatning xilma-xil shakllarda namoyon bо‘ladigan mafkuraviy tajovuzlar turli mafkuraviy markazlarning buzg‘unchilik ta’siridan himoyalanganlik darajasini tavsiflovchi tushuncha. M.x.ni ta’minlash deganda, jamiyat ma’naviy hayotida bо‘shliq paydo bо‘lishining oldini olish, о‘zining pirovard maqsadlariga mos va unga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni muttasil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdek jarayonlar nazarda tutiladi. M.x.ka tashqi va ichki omillar о‘z ta’sirini о‘tkazib turadi. Bugungi kunda, turli xil mafkura markazlari va poligonlarining О‘zbekistonda yangi jamiyat qurishga tо‘sqinlik qilish uchun g‘arazli niyatlariga erishishda mamlakatimiz fuqarolaridan “qurol” sifatida foydalanishga intilishlarida M.x. uchun real tashqi tahdidlar mavjudligini kо‘ramiz. Mafkuraning funksiyalari — millatlar va davlatlar, turli ijtimoiy-siyosiy kuchlarning о‘z g‘oyaviy tizimlarini yaratish va targ‘ib qilishdan kо‘zlagan maqsad-muddaolari hamda о‘z mafkuralari orqali hal qilishi lozim bо‘lgan vazifalar majmui. Har qanday mafkura: a) muayyan g‘oyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; b) aholining turli guruhlarini birlashtirish; v) kо‘zlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; g) ularni ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish; d) aholini, ayniqsa hayotga kirib kelayotgan yosh avlodni g‘oyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; ye) boshqa mafkuraviy va g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qilishdek bir qator vazifalarni bajaradi. Yuksak g‘oyalarga asoslangan, manfaatlar va fikrlar xilma-xilligini e’tirof etadigan mafkuraviy tizimlar о‘z sohiblarini taraqqiyotga eltadi. Tor milliy yo sinfiy talab-ehtiyojlarni boshqa xalqlar yoki guruhlar hisobiga qondirishini niyat qilgan mafkuralar oxir oqibat barbod bо‘ladi, о‘z tarafdorlarini tanazzul va halokatga duchor etadi. Metodologiya – 1)biron-bir fanda tatbiq etiladigan tadqiqot usullari majmui; 2) ilmiy bilim va dunyoni о‘zgartirish metodi haqidagi ta’limot. Metodologiya ilmiy bilim metodlarining nazariy asoslari rivojlanib borayotgan fanning ehtiyojlari taqozosi bilan yuzaga kelgan bо‘lib, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarini tо‘g‘ri obyektiv talqin etishga, fanning tabiiy aloqalarini ochishga imkon beradi. Download 35.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling