Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari
Download 35.24 Kb.
|
84995 4.ГЛОССАРИЙ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy istiqlol g‘oyasi
- Milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy g‘oyalari
- Milliy mafkura
Meyoriy texnologiyalar – jamiyat (tashkilot)dagi mavjud qonunlar, meyorlar, an’analar, urf-odatlar bilan shartlangan faoliyat usullari.
Milliy g‘oya – millatning о‘tmishi, buguni va istiqbolini о‘zida mujassamlashtirigan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli. Milliy g‘oya о‘z mohiyatiga kо‘ra, xalq, millat taqdiriga daxldor, qisqa yoki uzoq muddatda xal etilishi kerak bо‘lgan vazifalar va mо‘ljallarni aks ettiradi. Milliy istiqlol g‘oyasi – milliy istiqlol g‘oyasi о‘z mohiyatiga kо‘ra xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning о‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydigan, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan ma’naviy omildir. Milliy istiqlol g‘oyasi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi. Milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy g‘oyalari — milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy g‘oyalari turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen, ijtimoiy hodisadir. Bu mafkurada biron-bir g‘oya mutlaqlashtirilmaydi yoki mavjud hokimiyatni mustahkamlash maqsadida siyosiy qurolga aylantirilmaydi. M. i. m., о‘z mazmun mohiyatiga kо‘ra О‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning - butun xalqning umumiy manfaatlarini ifodalaydi. О‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yо‘lidagi bosh g‘oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g‘oya xalqning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi, har bir inson uchun muqaddas bо‘lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni о‘zida mujassam etadi. Milliy mafkura – millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bо‘lishi va riojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g‘oyaviy asoslash, ta’minlashga qaratilgan qarashlar tizimi. Shunday bо‘lsa-da, “milliy mafkura”ni faqat bitta millat yoki xalqning mafkurasi deb tushunish tо‘g‘ri emas. U muayyan davlat yoki jamiyatning umumiy mafkurasi ma’nosini ham anglatadi. Chunki, “milliy” sifati “millat” sо‘zidan kelib chiqqan bо‘lib, nafaqat muayyan etnik birlik, balki “davlat” ma’nosini ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Download 35.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling