Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari


Download 35.24 Kb.
bet3/15
Sana27.03.2023
Hajmi35.24 Kb.
#1300074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
84995 4.ГЛОССАРИЙ

G‘oyaviy mutaassiblik - tо‘g‘ri deb hisoblangan muayyan fikr, g‘oya, aqida va shu yо‘ldan boshqa hamma narsani notо‘g‘ri, yolg‘on deb bilishga, kо‘r-kо‘rona inkor etishga asoslangan qarashlar va amaliyot. G‘.m. turli yо‘nalish va e’tiqoddagi kishilarga xos bо‘lsa-da, ulardagi umumiylik о‘zga g‘oya va e’tiqodni yolg‘on hisoblashga, о‘z qarashlarini mutlaqlashtirishga, unga qо‘shilmaydiganlarga qarshi faoliyat olib borishga, ularni yо‘q qilishga qaratilgan harakatlarda yaqqol kо‘rinadi. О‘rta asrlardagi inkvizitsiya, ba’zi G‘arb mamlakatlaridagi neofashizm g‘oyalari tarafdorlari harakatlari G‘.m.ka misol bо‘la oladi.
G‘oyaviy parokandalik - jamiyat, xalq, ijtimoiy qatlamlarning о‘z maqsadlarini aniq-ravshan belgilab olmagani, orzu-intilishlari va manfaatlarini ifoda etadigan mafkura yaratmagani sababli ijtimoiy ongda va ma’naviy hayotda yuzaga keladigan g‘oyaviy boshboshdoqlik, beqarorlik. G‘.p. odatda muayyan siyosiy tizim о‘z hayotini tugatgan, bir tuzumdan boshqasiga о‘tilayotgan, ijtimoiy siyosiy qutblashuv va ziddiyatlar kuchaygan, jamiyat turli tabaqalarga bо‘linib, har bir ijtimoiy-siyosiy kuch о‘zining tor manfaatlari doirasida о‘ralashib qolgan vaziyatlarda rо‘y beradi. Bu holat jamiyatni yanada tarqoq qilishga, bir-biriga dushman taraflarga ajratib yuborishga olib keladi. Mamlakatda ichki ziddiyatlar kuchaygan, qatlam, toifa, milliy-etnik birliklar о‘rtasidagi qarama-qarshilik zо‘raygan hollarda ham ana shunday hol rо‘y beradi.
G‘oyaviy savodsizlik – mafkuraviy jihatdan yetarli bilim, malaka, kо‘nikmaga ega bо‘lmagan insonlarga xos bо‘lgan xususiyat. G‘.s.ning asosini mustaqil fikrga, sobit e’tiqodga, mustahkam iroda va dunyoqarashga ega bо‘lmaslik tashkil etadi. Bunday kishi jamiyatda о‘z о‘rniga, о‘zining aniq hayotiy pozitsiyasiga ega bо‘lmaydi. Natijada u turli zararli g‘oyalar, yot, begona mafkuralar ta’siriga juda oson tushib qoladi.
G‘oyaviy tajovuz — muayyan bir jamiyat yoki millat, ijtimoiy qatlam yo guruh ongi va ruhiyatiga tashqaridan о‘tkaziladigan mafkuraviy ta’sir, begona va yot maqsad-manfaatlarga xizmat qiladigan g‘oyaviy bosqinchilik. Tarixda g‘oyaviy tajovuz harbiy istilo, siyosiy tazyiq va iqtisodiy iskanja choralari b-n bog‘liq holda olib borilgan. Undan bosqinchilikni oqlash, mustamlaka va qaram xalqlarni mafkuraviy asoratda saqlash maqsadida foydalanilgan. G‘oyaviy tajovuzning muhim xususiyatlari — haqiqatni soxtalashtirish, tarixni odamlar xotirasidan о‘chirish, umuminsoniy qadriyatlarni qadrsizlashdan iborat. G‘.t. aldash va makr b-n ularni о‘z ota-onalariga, jamiyatga qarshi qо‘yish, xiyonat va sotqinlikni fidoyilik deb kо‘rsatish shaklida ham namoyon bо‘ladi.

Download 35.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling