Bilim darajasi / Уровень знаний / Knowledge level – iqtisodiyotni bilish, texnika va texnologiyani bilish, boshqarish ilmini, funksiyalari va strukturasini bilish, istiqbolni bilishga qodirligi va hakozo.
Birinchi o’rindagi ehtiyojlar / Первоначальные нужды / Primary necessity – bu bazis ehtiyojlar, ya’ni, yashashni ta’minlash uchun zarur bo’lgan ehtiyojlar.
Biznes / Бизнес / Business - inkubator-korxona (bo'lim, laboratoriya) biznesining yangi shakllarini ishlab chiqish bilan shug'ullanuvchi tarkibiy bo’linmasi.
Biznes reinjiringi / Бизнес реинжиниринг / Bussiness re-engineering - innovatsiyani ishlab chiqarish va sotish asosida tadbirkorlik faoliyatini qayta qurish bo'yicha muhandislik maslahatlar xizmati.
Biznes-reja / Бизнес-план / Business plan - bu shunday hujjatki, firmaning unda o’z ishini qanday boshlashi, qanday ishlab chiqarishni samarali yurgizish va tovarni bozorga olib chiqishi, qanday texnologiyani qullashi, qachon dastlabki daromad olishi, tavakkalchilikni kamaytirishi kabi ko’rsakichlarni loyixasio’z aksini topadi.
Boshqarish jarayonida nizo / Конфликт в управление / Conflict in managing – bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o’rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning o’zaro bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Boshqarish so’zi / Слово Управление / Word management - keng ma’noda ishlatiladi, masalan: davlatni boshqarish, mashinani boshqarish, biron bir biologik jarayonni boshqarish va hokazo.
Boshqarishning iqtisodiy usullari / Экономическое методы управление / Economic methods of management - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi.
Boshqarishning huquqiy vositalari / Правовое средство управление / Law assets of Management - ijtimoiy munosabatlarga yuridik, qonuniy ta’sir o’tkazish jarayonida qo’llaniladigan huquqiy me’yorlar majmui tushuniladi.
Boshqarishning nazorat funksiyasi / Контрольная функция управления / Control function of management - bajarishda qo’llaniladigan usullar tezkor, buxgalteriya hisobi va statistika holatiga bog’liq va shularga asoslanadi.
Boshqaruv / Управление / Management - belgilangan maqsadni amalga oshirish uchun faol ijtimoiy tuzilmani yaratishga yo'naltirilgan zarur usullarni tanlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |