Boshqaruv mehnati / Управленческой трудь / Manager’s work – bu bevosita rahbar mehnati bo’lib, korxona miqyosida yoki umuman boshqaruv tizimida uning faoliyati muhim o’rin egallaydi.
Boshqaruv psixologiyasi / Психология управления / Managing psychology- boshqaruv faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o'rganuvchi tarmoq. Boshqaruv psixologiyasining asosiy vazifasi - boshqaruv tizimidagi samaradorlik va sifatni oshirishga qaratilgan maqsadga muvofiq jarayon.
Boshqaruv uslubi / Стиль руководства / Management style - bu ma’lum bir rahbarning boshqaruv jarayonida qo’llovchi o’ziga xos va o’zgarmas usul va xarakatlari yig’indisidir.
Boshqaruv usullari / Методы управление / Management methods — bu xodimlarga va umuman ta’lim muassasalari jamoalariga ta’sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi.
Boshqaruv xarajatlari / Управленческие затраты / Managing cost - axborot olish va uni qayta ishlash bilan bog’liq xarajlardir; boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar; ilmiy ishlanmalar, loyihalash, tajriba va seriyali ishlab chiqarishni o’z ichiga oluvchi bosqichlar xarajati; mahsulotlardan foydalanish xarajatlaridan iboratdir.
Boshqaruv xodimlari madaniyati / Культура управленческого персонала / Manager’s culture - ko’p omillarga bog’liq, umumiy madaniyat darajasi, ishbilarmonlik sifatlari, boshqaruv ilmini chuqur va har tomonlama bilish va uni o’z faoliyati jarayonida qo’llay olish bilan xarakterlanadi.
Boshqaruv xodimlari toifalari / Категории управленческого персонала / Categories of managing personal - rahbarlar; mutaxassislar; yordamchi xizmatchilar.
Bozor / Рынок / Market - tovar ishlab chiqaruvchilar foyda olish manfaatdorligiga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlarining samarali ishlab turishini ta'minlovchi iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Bozor / Рынок / Market – bu oluvchi va sotuvchi uchrashadigan mahsus joy.
Do'stlaringiz bilan baham: |