Glossariy [СПиТ


Download 111.5 Kb.
bet4/14
Sana23.12.2022
Hajmi111.5 Kb.
#1048488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Yer resurslarini boshqarish glossariy

Fermer ho’jaligi – o’ziga tanlov asosidauzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan xolda, qishloq ho’jaligitovar ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi, yuridik shaxs xuquqlariga ega bo’lgan, mustaqil ho’jalik yurituvchi sub’ekt.
Foydalanuvchi tashkilot - tasarrufida (balansida) gidrotexnika inshooti bo’lgan korxona, muassasa va tashkilot;
Foydali komponent - foydali qazilmaning sanoat yo’sinida ishlatish maqsadida qazib olish texnologik jihatdan mumkin va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan tarkibiy qismi;
Foydali qazilma koni - yer qa’rining miqdori va sifati jihatidan ishga solish obyekti bo’lishi mumkin bo’lgan foydali qazilmalari bor uchastkasi;
Foydali qazilmalar - yer qa’ridagi kelib chiqishi noorganik va organik bo’lgan qattiq, suyuq yoki gaz holidagi tabiiy mineral hosilalar, shu jumladan sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari, sho’r ko’llarning tuz eritmalari va rapalari;
Foydali qazilmalarni kavlab olish - foydali qazilmalarni yer qa’ridan yuzaga chiqarib olish bilan bog’liq ishlar majmui.
Gidromeliorativ tadbirlar – kollektor zovur tarmoqlarini loyixalashtirish va ularni qurish ishlarini majmuasidir.
Gidromodul - bir gektar ekin maydoniga suvning dastlabki litr/sekund xisobidagi solishtirma sarfi. Yerlarni gidromodul jixatatdan bo’lish natijasida har bir gidromodul hududida yetishtiriladigan ekinlardan mo’l hosil olish uchun suv miqdori av sug’orish muddati belgilanadi.
Gidrotexnika inshooti avariyasi xavfining yo’l qo’yiladigan darajasi - gidrotexnika inshooti avariyasi xavfining normativ hujjatlar bilan belgilangan qiymati.
Gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasi - gidrotexnika inshootining xavfsizligi asoslab beriladigan hujjat;
Gidrotexnika inshootining xavfsizligi mezonlari - gidrotexnika inshooti holatining va undan foydalanish shartlarining gidrotexnika inshooti avariyasi xavfining yo’l qo’yiladigan darajasiga muvofiq miqdor va sifat ko’rsatkichlarining cheklangan qiymatlari;

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling