Glossariy talab


Download 32.66 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi32.66 Kb.
#1271803
Bog'liq
3. 6-MAVZU. GLOSSARIY


GLOSSARIY
Talab – bu ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyojdir.
Yakka talab har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabdir.
Bozor talabi bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisidir .
Talab qonuni mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlikdir.
Talab egri chizig’i narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni ko’rsatuvchi chiziq.
Oliy toifali tovarlar daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar hisoblanadi.
Past toifali tovarlar daromadlar o’zgarishi bilan talab miqdori teskari bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar hisoblanadi.
Engel qonuni iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalaydi.
O’zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o’zgarishi bilan boshqasiga bo’lgan talabning o’zgarishi to’g’ri bog’liqlikda bo’ladi.
O’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlardan birining narxini o’zgarishi bilan boshqasiga bo’lgan talabning o’zgarishi teskari bog’liqlikda bo’ladi.
Taklif deb ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdoriga aytiladi.
Taklif qonuni narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishdir.
Taklif egri chizig’i narx darajasi va taklif miqdori o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni ko’rsatuvchi egri chiziqdir.
Bozor muvozanati talab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo’lgan holatdir. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi.
Download 32.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling