Sabza
|
rang nomi, erta bahorda yangi o’sib chiqqan o’t
|
Sangina–
|
lotin tilidan olingan bo’lib, qonga o’xshash ma’noni anglatadi. Ular qalam shaklida, yog’ochsiz temir oksidli tuproqsimon moddalardan tayyorlanadi. Ularni qog’ozga yopishqoqlik xususiyatlari kuchli bo’ladi. Rasomlar ulardan xomaki rasm ishlash jarayonlarida keng foydalanadilar.
|
Sanoat grafikasi-
|
sanoatda qo’llaniladigan reklama, yorliq, emblema, blanka, konvert, tovar belgilari, etiketka, upakovka va boshqalarni ifodalaydigan grafika turi.
|
Sadaf-
|
rang nomi, och sarg’ish rang.
|
Somoniy
|
–rang nomi, somon rangi, tillasimon rang.
|
Sariq
|
-rang nomi, momaqaymoq (qoqi o’t) rangining nomi.
|
Siluet–.
|
bir randa, hajmsiz qilib ishlangan rasm. Uni sharpa tasvir desa ham bo’ladi
|
Simmetriya-
|
yunon tilidan olingan bo’lib, o’lchovdosh degan manoni anglatadi. Tasviriy san’atda suvratdagi detalni yoki narsani o’rtasidan vertikal o’q chiziq o’tkazilganda uning chap va o’ng tomonlarini bir-biriga tengligi kuzatilsa u simmetrik shakl hisoblanadi. Yoki suvratning chap va o’ng yoki yuqori va pastki qismlaridagi o’zaro tenglik yoki o’xshashlik ham simmetriyani bildiradi. Masalan, kapalak, simmetrik shaklga ega. Simmetriyani o’qli va markaziy turlari bo’ladi. O’qli simmetriyada simmetriya o’qi bitta bo’lsa, markaziy simmetriyada u bir necha bo’lishi mumkin.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |