Firuza-
|
rang nomi, zangori yorqin tosh rangi.
|
Fon
|
–lotin tilidan olingan bo’lib tubi, asosi, zamini ma’nosini anglatadi. Tasviriy san’atda fon rasmning orqa qismidagi tasvirli yoki tekis bo’yalgan qismidir.
|
Frontispis–
|
lotin tilidan olingan bo’lib, oldi, ko’raman ma’nosini anglatadi. U kitob titul varag’ining chap, muqovaning orqa tomonidagi bezakli sahifasi hisoblanadi. Frontispisda kitob muallifining rasmi yoki u haqda ma’lumot, kitob mazmuni, g’oyasi bilan bog’liq illyustratsiya beriladi.
|
Frontal kompozitsiya-
|
Frontal so’zi ro’parasidan, to’g’risidan ko’rinishi ma’nosini anglatadi. Bunday kompozitsiyalar, rangtasvir, grafika, relьfli bo’ladi va tekis yuzalarda aks etdiriladi. Ularni faqat bir tomondan, old tomondan kuzatish mumkin.
|
Xromatik ranglar-
|
atamasi yunon tilidan olingan bo’lib, rang, bo’yoq ma’nosini anglatadi. Ular qatoriga oq, qora, kul rang ranglardan tashqari barcha ranglar kiradi.
|
CHiziqli perspektiva
|
deb narsalarning kishilar ko’zidan uzoqlashgan sari ularning o’lchovlarida ro’y beradigan qisqarib ko’rinishiga aytiladi.
|
CHuqur fazoviy kompozitsiya
|
bunday kompozitsiyalar asosan jamoat va turar
|
Ekspozitsiya-
|
lotin tilidan olingan bo’lib, ko’rsatish, namoyish etish ma’nosini anglatadi. Tasviriy san’atda muzey, badiiy ko’rgazmalarda san’at asarlarini tomoshabinga namoyish etish tushuniladi.
|
Emblema-
|
yunon tilidan olingan bo’lib, biron g’oyani shartli tasvirlash ma’nosini anglatadi. Masalan, kitob tasviri ma’naviyat va ta’lim belgisidir.
|
Eksponat–
|
lotin tilidan olingan bo’lib, ko’rgazmaga qo’yilgan degan ma’noni bildiradi. Tasviriy va amaliy san’atda namoyish etilayotgan asar tushuniladi.
|
Eskiz-
|
frantsuz tilidan olingan bo’lib, xomaki tasvir ma’nosini anglatadi. Rangtasvirda u bo’lg’usi asarni kichik o’lchovdagi xomaki ishlangan namunasi. Unda suvrat kompozitsiyasi, mazmuni, ranglari, asosiy detallar tasvirlanadi.
|
Etyud
|
-frantsuz tilidan olingan bo’lib, mashq qilish ma’nosini anglatadi. Etyud rassomni kelajakda biror asar yaratishidagi, dastlabki tayyorgarlik bosqichidir. U tasviriy san’atning deyarli barcha janrlarida ishlatiladi. Bir suvrat uchun ko’plab etyudlar ishlanishi mumkin.
|
Yakuniy bezak
|
kitob grafikasiga mansub bo’lib, uning bob yoki fasllari, qismlarining oxirida boriladigan tasvir. Ular naqshli yoki mazmunli bo’lishlari mumkin.
|
Yarim soya
|
turli-tuman mavjudot va narsalar tanasidagi shuningdek, ularning tasviridagi yorug’ va soyalari o’rtasidagi qismi.
|
|