Glossary Bola


Download 22.09 Kb.
Sana26.07.2023
Hajmi22.09 Kb.
#1662621
Bog'liq
ijtimoiy-reabilitatsion mua glossary


Glossary
Bola — asosiy maʼnosi — bolalik davridagi inson. Bolalikning yosh chegaralari turli madaniyatlarda, hayotiy sikl nazariyalarida va huquqiy tizimlarda farq qiladi. Umuman olganda, bola deb tugʻilish paytidan boshlab to jinsiy balogʻatga yetguncha boʻlgan davrdagi insonga aytiladi. Qiz — ayol jinsidagi bola; Oʻgʻil — erkak jinsidagi bola.
Yoshlik — yoshlik davridagi hayot davri va koʻpincha bolalik va kattalik (yetuklik) oʻrtasidagi vaqtni anglatadi[1][2]. Shuningdek, u „yosh kishiga xos koʻrinish, kuch-quvvat va boshqalar“ deb taʼriflanadi[3]. Uning maʼlum bir yosh oraligʻidagi taʼriflari turlicha boʻladi, chunki yoshlik xronologik jihatdan maʼlum bir yosh oraligʻiga bogʻlanishi mumkin boʻlgan bosqich sifatida belgilanmagan; Uning yakuniy nuqtasini toʻlanmagan ish yoki jinsiy aloqa kabi muayyan faoliyat bilan bogʻlab boʻlmaydi
Reabilitatsiya ( lot. rehabilitatio — tiklash) (tibbiyotda) — organizmning buzilgan funksiyasini va bemorlar hamda nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklashga qaratilgan tibbiy, pedagogik va ijtimoiy chora-tadbirlar majmui. Ogʻir kasalliklar (miokard infarqti, insult, orqa miya shikastlanishlari, umurtqa pogʻonasi va boʻgʻimlarning shakli oʻzgarishi bilan kechadigan kasalliklari); markaziy nerv sistemasining jiddiy zararlanishlari, ruhiy kasalliklar va boshqalarga uchragan bemorlar R. ga koʻproq muhtoj boʻladilar
Ta’lim tizimi – davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yoʻlida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui.
Sotsiologiya (lot. socius - jamiyat, yun. λόγος - bilim, taʼlim, tushuncha) — bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruhlar, shaxs va jamiyat munosabatlari toʻgʻrisidagi fan. 
Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. K. badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni"ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar K.si ayrim holatlarda muallifning subyektiv qarashlaridan keng qamrovli bulishi mumkin.
Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. 
Fiziologiya (yun. physis — tabiat va...logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan.
Deffekt- nuqson, kamchiliklar.
Psixologik yordam — bu psixologiyaning amaliy qoʻllanilishi sohasi boʻlib, u odamlarning ijtimoiy-psixologik kompetentsiyasini oshirishga va shaxsga ham, guruhga yoki tashkilotga psixologik yordam koʻrsatishga qaratilgan.
Download 22.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling