Glossary moliya bozori


Download 17.73 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi17.73 Kb.
#1329790
Bog'liq
GLOSSARY


GLOSSARY
Moliya bozori — oldi-sotdi obyekti pul yoki pulga tenglashtirilgan qogʻoz bilan bogʻliq boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan munosabatlar olib boriladi, shuningdek, pul mablagʻlarini jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishi taʼminlanadi..
Qimmatli qog’ozlar bozori - Qimmatli qog’ozlar bozori savdo kapitalining rivojlanishi tufayli paydo bo’lgan. Ko’plab g’arb davlatlarida u xo’jalik mexanizmimning eng barqaror qismi bo’lib hisoblanadi.
Pul bozori. Jamg’armalar faqat uzoq muddatli investitsiyalargagina emas, balki muddatli qimmatli qog’ozlar- qisqa muddatli xazina majburiyatlari, veksellar va hokazolar qo’yilishi mumkin.
Valyuta bozori – bu pul va qimmatli qog’ozlar bozori kabi moliya bozorinig bir unsuridir. Bu erda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi qilinadi. Bozorda korhona, firma, davlat idoralari va fuqarolar qatnashadi. Ulardan biri valyuta sotsa, ikkinchisi uni sotib oladi.
Intellektual tovarlar bozori – bu bozorning mahsus turi bo’lib, aqliy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va hizmatlarning ayirboshlanishini bildiradi. Bu bozorda sotuvchilar va haridorlar mahsus Tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, tehnikaviy yangliklar, san’at va adabiyot asarlari, hilma-hil axborotlarni oldi-sotdi etish yuzasidan munosabatda bo’ladilar. Intellektual bozor turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Yopiq birja – bu birjadagi savdolarda faqat uning a’zolarigina ishtirok etishlari mumkin.

Tashrif buyuruvchilarning erkin kirishi mumkin bo’lgan birjalar – undagi bitmlarni faqat maklerlargina amalga oshiradilar.
Qimmatli qogʻozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldi-sotdi qilinadi.
Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berilishidir. 
 Kapital (mulk) bozorida qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi.
Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy isteʼmol uchun ishlatiladi.
Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (qisqartmasi: XVJ; ingl. International Monetary FundIMF) xalqaro tashkilot boʻlib, makroiqtisodiy siyosat yurgizadi, butunjahon moliyaviy tizimini nazorat etadi. 
Jahon Banki — Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi.
Download 17.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling