Gmp talablari


Dori vositalari sifatini boshqarishga nisbatan talablar. Sifat nazorati tamoillari


Download 168.75 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi168.75 Kb.
#227896
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gmp talablari

Dori vositalari sifatini boshqarishga nisbatan talablar. Sifat nazorati tamoillari

Farmatsevtika sanoatida sifatni boshqarish deganda dori preparatlarini ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida sifat nazoratini va ishlab chiqarishni munosib darajada ta’minlash tushuniladi.

Ishlab chiqarishga litsenziyasi bo‘lgan korxona egasi, ishlab chiqarilayotgan dori vositalarini ishlatilishi ro‘yhatdan o‘tkazilgan va litsenzion hujjatlardagi talablarga mosligini ta’minlash hamda ulardan foydalanilganda natija berishi va zararsizligiga kafolat berishi kerak. Korxona rahbari buning uchun jvobgarlik olib boradi.

Sifatni ta’minlash uchun barcha xodimlar ularga yuklatilgan vazifalarni yuqori darajada bajarilishi hamda ulgurja sotilishini tashkil qiluvchi shaxslar va tovar bilan ta’minlovchilarning ishtirok etishi talab qilinadi. Sifatni ta’minlash maqsadida ishlab chiqaruvchi korxonada sifatni nazorat qilish tajribasi bo‘lgan sifat tizimi tashkil qilinishi va to‘g‘ri ishlab turishi kerak. Sifat tizimi to‘la hujjatlashtirish, uning natijasi esa tekshirib turilishi kerak.

Sifat tizimining barcha bo‘limlari yuqori darajada bilimdon xodimlar va foydalanish uchun zarur sondagi xonalar, jihozlar va yordamchi texnik vositalar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu standart talablarini buzgan litsenziya egasi kafolatli shaxslar va bilimdon xodim amaldagi qonunga muvofiq yuridik, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.


Download 168.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling