Gmz3 oqova suvlarini ko`p bosqichli tozalash bo`yicha tajribaning 4-kuni
Download 107.5 Kb.
|
Farmonova hisobot
10.08.2022
Soat – 10:00 Harorat - 35°C; 1-idishdagi o`simliklarda qurish jarayoni jadal ketmoqda. Ushbu idishdagi o`simliklarning qurish tezligi yuqori ko`rsatkichga ega. Yangi barglar hosil qilish jarayoni to`xtagan. Ildiz sistemasi yashil qoplam hosil qilgan. Ildizining uchi qorayib zararlangan. Barg bandlarida ham shikastlanish alomatlari mavjud. 2-idishdagi o`simliklarda zararlanish holati bor. Ildiz qismining rangi yashil qoplam hosil qilgan. Uchki qismi qorayib zararlanish holati kuzatilmoqda. Barg bandlarining quyoshga qaragan tomoni shikastlangan, taranglik pasaygan. 3-idishdagi o`simliklarning ildizi yashil qoplam hosil qilishi nisbatan kam. Ildizining ayrimlarida uchki qism qora, ayrimlarida oq tiniq. Barg yaproqlari 66 ta bo`lib, 36 tasi o`sish holatida. Ammo sariqlik paydo bo`la boshlagan. Barg bandlari sog`lom. Faqat ayrimlarining quyoshga qaragan tomonida shikastlanish alomati mavjud. 2-3 ta yangi barg hosil bo`lgan. 4-idishdagi o`simliklarda zararlanish holati kam. Barg bandlari sog`lom. Ildizining rangida o`zgarish holati yo`q. ammo uchki qismida qoramtir ko`rinish mavjud. Barglar soni 66 ta bo`lib, ulardan 19 tasi batamom qurigan. Taranglik holati mutlaqo yo`q, to`pgullar suv ostiga qarab harakatlanmoqda. 5-idishdagi o`simliklar holati yaxshi. Zararalanish past. Barg bandlari so`glom yashil, ammo, barg yaproqlarida sariqlik paydo bo`lish kechaga nisbatan orta boshlagan. Barglar soni 67 ta, 19 tasi batamom qurigan. To`pgullar suvostiga qarab o`smoqda. Barg yaproqlarining chetki qismida sarg`ayish mavjudligi sabab barglarning eniga va bo`yiga o`sishi toxtagan.
(5-idishdagi barglar uzunligi) 6-idishdagi o`simliklarning ildiz sohasi tiniq, to`q ko`k rangda. Uchki qismida zararlanish holati yo`q, uchi tiniq oqish. Barg bandlari yashil, ayrimlarida quyoshga qaragan qismida zararlanish mavjud. To`pgullar pastga o`sishda davom etmoqda. 7-idishdagi o`simlik holati yaxshi. Ildizi sog`lom. Rangi tiniq. To`pgul hosil bo`lgan. Barglari sog`lom , faqat barg yaproqlarining uchki qismida sarg`ayish mavjud.
(7-idishdagi barglar uzunligi) Download 107.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling