Gmz3 oqova suvlarini ko`p bosqichli tozalash bo`yicha tajribaning 4-kuni


Download 107.5 Kb.
bet8/9
Sana08.02.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1178430
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farmonova hisobot

24.08.2022.
1-idishda 22.08.2022 kuni yangi o`simlik massasi solingan bo`lib, bu o`simliklarning holati yaxshi. Ildizi biroz yashil va tuz qoplam hosil qilgan. Barglarda qurish jarayoni boshlangan. Umumiy qurigan Barglar soni 17 ta. Yangi barglar ham hosil bo`lgan
2-idishdagi o`simliklar ham 2 ta to`pgul hosil qilgan. Ildizi sog`lom , yashil qoplam bor. Yaproqlar esa uchidan bujmayib quriy boshlagan. Barglar orasidan 19 ta barg butunlay qurigan.
3-idishlardagi o`simliklarning holati yaxshi. Bitta yangi to`pgul hosil bo`lgan. Ikkinchi to`pgul changlanib bo`lib suvga qarab harakat qilmoqda. Ildizida yashil qoplam mavjud.
4-idish o`simliklarining yaproqlari 50% gacha qurib qolgan. Bandlar esa toq yashil holatni yo`qotib sarg`ish tusga kirmoqdalar. Ildiz tizimi xira. Yashil ranga kirgan.
5-idishdagi o`simliklarning yangi barglari hosil bo`lmoqda. O`simlikning 60% qismi nobud bo`lgan. Ildiz tizimi tuz bilan qoplangan. O`simlik bandllari sariq tusga kirgan.
6-idishdagi o`simliklar qurishda davom etmoqda. Barg yaproqlarining deyarli barchasi qurigan. Barg bandi sarg`aygan, taranglik biroz pasaygan.
7-idishdagi o`simliklarning ham holatida o`zgarishlar mavjud. Barg bandlari zararlangan. Ildizlarining uchki qismida qorayish mavjud. Barg yaproqlarida taranglik deyarli yo`q.
8-idish o`simliklarining 80%dan ko`proq qismi nobud bo`lgan. Barg bandlari sarg`aygan, barg yaproqlari qurigan.
27.08.2022.
1-idishdagi o`simlikning ildizi yashil qoplam hosil qilgan. Barg yaproqlari uchidan qurib kelmoqda. Ammo barg bandlarining suvga tegmagan qismi yashil, suvga tekkanlari esa sarg`aygan.
2-idishdagi o`simlikning barglarining yaproqlarida qurish alomatlari kuchaygan. Barglar sarg`ayib bujmaygan. Ildiz tizimida yashil va tuzli qoplamlar mavjud. Uchi oq.
3-idishdagi o`simliklarning ham holati yaxshi. Barg yaproqlarining uchi sarg`aygan. Ildiz tizimida qoplam mavjud. Asosiy ildiz uchi oqish. Yonidan yangi qo`shimcha ildizlar o`sib chiqmoqda. Ammo barg bandi sarg`ayib nobud bo`layotganligi sababli yangi barg hosil bo`lmayabdi.
4-idish o`simliklarining barg yaproqlarida bujmayosh sodir bo`lgan. Barg bandlarining suvga tegmaganlari och yashil tusga kirgan. Suvga tekkanlari butunlay nobud bo`lgan. Yangi barg yo`q.
5-idishdagi o`simliklarning barg yaproqlari nobud bo`lgan. Ildizida ham nobud bo`lish alomatlari mavjud. O`simlik biomassalarida o`sishdan to`xtash holatlari kuzatildi.
6-idishdagi o`simliklarning 90% biomassasi qurigan. Barg bandlari ham sarg`ayib nobud bo`lgan. Ildizida hayotchanlik xususiyati yo`q. o`simoikning ildizi qismida shilimshiqlanib qolgan.
7-8-idishdagi o`simlikning barg yaproqlari butunlay bujmayib qolgan. Barg bandlarining suvga tekkan qismi qurigan. Suvga tegmagan bandlar esa sarg`aygan. Ildiz tizimida chirish holati kuzatilgan.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling