30.08.2022.
1-idish o`simliklar yaproqlarida bujmayish mavjud. Ammo ildiz tizimi sog`lom. Bandlarning suvga tekkanlarida zararlanish mavjud. Suvga tegmagan bandlarda yashillik va taranglik normada. Ildiz yashil qoplam hosil qilgan. Uchki qismlari esa oq.
2-idish o`simliklar holati yaxshi. Ildiz rangi yashil qoplam va tuz qoplam mavjud. Bandlarning suvga tegmaganlari yashil rangda bo`lib zararlanmagan, suvga tekkan bandlar so`ligan. Barg yaproqlari esa chetki qismidan qurish jarayonida.
3-idish idish o`simligining holati yaxshi top`guli o`sishdan to`xtagan. Changlanib bo`lgan. Bandlarning quyoshga qaragan tomonidan sarg`ayib zararlanish boshlangan. Ildiz tizimi uchi oqish, rangi biroz xira. Suv yuzasida yashil qoplam mavjud bo`lganligi sababli ildizni aniq rangini bilish biroz mushkul.
Qolgan idishlardagi o`simliklarning barg bandi, barglari butunlay sarg`ayib qurigan. ildiz tizimining ham 60% qismi nobud bo`lib shilimshiqlanib qolgan. Lekin ayrim yosh ildizchalar nobud bo`lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |