Gmz3 oqova suvlarini ko`p bosqichli tozalash bo`yicha tajribaning 4-kuni


Download 107.5 Kb.
bet4/9
Sana08.02.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1178430
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farmonova hisobot

12.08.2022
1-2-3-idishdagi o`simliklar qurigan qismi ko`p qismni tashkil qilganligi sababli qurigan massani olib tashlab, ularni o`rnini boshqa sog`lom massadagi o`simliklar bilan to`ldirdik. Ularning ildiz tizimi sarg`ish ranga kirgan edi.
4-idishdagi o`simlik ildizlari yashil tusga kirmagan. Uchlarida esa qorayish mavjud. Barg bandining quyoshga qaragan tomoni shikastlangan, ammo suvga qaragan tomoni sog`lom. Barg yaproqlarining 50% qismi yashil tusda, qolganlarining 2/4 - ¾ qismigacha sarg`aygan.
5-idishdagi o`simliklardagi zararlanish 60%ni tashkil etmoqda. Ammo ildiz tizimi to`q ko`k, uchlari oq, sog`lom. Yangi barg hosil qilish jarayoni kuzatilmagan.
6-idishdagi o`simliklarning holati qoniqarli. Yangi barg hosil qilish yo`q. yaproqlarida 0,2 mm dan 2 smgcha sarg`ayish alomati mavjud. Barg bandlarida zararlanish mavjud.
7-idishdagi o`simlik ildizlari tiniq. To`q ko`k. uchki qismi ham sog`lom. Yangi Barglar hosil qilmoqda. Qurish darajasi past, bandlari yashil.
8-idishga ozuqa massa solib aralashtirib unga yangi o`simlik biomassasi o`tkazdik.

13.08.2022
1-idish o`simliklarining holati yaxshi. 12.08.2022 kuni solingan yangi massadagi o`simliklar zararlanmagan. Ildiz qismi rangi tiniq, toza, to`q ko`k. bandlarining rangi o`zgarmagan, tiniqligi yaxshi. Barglar umumiy soni 66 ta, quriganlar soni esa 12 ta.
2-ishdagi o`simliklar o`sishi normada. Ildizlarining uchki sohasi oqish. Barg bandlar orasida deyarli zararlanish yo`q. Barg yaproqlar orasida sariq qoplamlisi mavjud. Umumiy Barglar soni 60 ta bo`lib, ulardan 11 tasi qurigan. 8 ta yangi barg hosil qilgan.
3-idishdgi o`simliklar 12 avgust kuni yangilangan. Hozirda ushbu o`simliklarning o`sish holati yaxshi ildiz yashil qoplam hosil qilmagan. Barg bandining quyoshga qaragan 6 tasida sarg`ayish mavjud. Yaproqlarining uchki qismida sarg`ayish mavjud.
4-idish o`simliklarning 70%i zararlangan. Ushbu idishdagi o`simlik ildizida och yashil ragli qoplam hosil qilgan. Barglarda sarg`ayish bo`lmasa ham taranglik pasaygan. Yangi barg hosil bo`lmagan. To`pgul o`sishdan toxtagan.
5-idishdagi o`simliklar o`sishdan to`xtagan. 80% qismi qurigan, barg bandlari quyoshga qaragan tomoni zararlangan. Suvga qaragan qismida sariqlik endi paydo bo`la boshlagan. Yangi barg hosil qilish holati umuman yo`q. O`simliklarga yordam sifasida oz miqdorga yangi massa solindi.
6-idish o`simlik ildizlari rangi tiniq. Uchki sohasida qoramtir holat mavjud emas. Ammo bandlarning quyoshga qaragan qismida sarg`ayish mavjud. To`pgullar o`sishdan to`xtagan barcha barglarning yaproqlarida sar`gayish mavjud. Barglarning 60% qismi qurigan. 2 ta yangi barg hosil qilingan xolos.
7-idishdagi o`simliklarda sarg`ayish mavjud. 30% barglar sarg`aygan. Bandlarda ham sarg`ayish boshlangan. Hozircha 3 ta band sariq rangda. Taranglik holati normada. Yangi barg hosil qilinmagan.
8-idishdagi suv miqdori kam. 12.08.2022 kuni suvga ozuqa solib eritildi. Hosil bo`lgan ozuqa muhitiga yangi o`simlik massasi o`tkazildi.. O`tkazilgan o`simlik holati yaxshi. Ildizlari tiniq, sog`lom. Bandlari tarrang, yashil rangda. Barg yaproqlarining chetki sohasida 0.2-0.3 mm atrofida sariqlik mavjud. Ko`plab yangi barglar hosil bo`lmoqda.



Bo`yi

eni

I barg

59 sm

78 sm

II barg

45 sm

63 sm

III barg

55 sm

75 sm

(8-idishdagi barglar uzunligi)

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling