Gmz3 oqova suvlarini ko`p bosqichli tozalash bo`yicha tajribaning 4-kuni
Download 107.5 Kb.
|
Farmonova hisobot
17.08.2022.
1-idishdagi o`simliklarning barglari va banlari sarg`ayishda davom etmoqda. To`pgul hosil qilgan. O`simlikning umumiy massasining deyarli 30% qismi zararlangan. Ildizida yashil qoplam bor. Uchki qismi qora, yangi barglar hosil qilinmagan. 2-idishdagi o`simliklarda ham qurish jarayoni tez kechmoqda. Barg bandlarining suvga tekkanlari butunlay so`ligan. Suvga tegmagan bandlar yashil. 3-idishdagi o`simliklar holati 1-2-idishdagi o`simliklarga nisbatan yaxshi. Ammo qurish alomatlari mavjud, to`pgul hosil bo`lmoqda. Yangi barglar hosil bo`lgan. Avvalgi barglarda esa qurish jarayoni ketmoqda. Barg bandining yerga qaragan qismlari shikastlangan. Suvga tegmagan bandlar sog`lom. Ildizida yashillik kamroq. 4-idishdagi o`simliklar holati yaxshi. To`pgul hosil qilgan. Bandlar o`sishda davom etmoqda. Ildiz deyarli yashil qoplam qoplanmagan, barg va gulbandlarining quyoshga qaragan qismida sarig` dog` bor. 5-idishdagi o`simliklarning barg bandlari sog`lom. Ammo yaproqlarda o`zgarish davom etmoqda. Uchki qismidan sarg`ayib kelmoqda. Ildizi tiniq, to`q ko`k yangi barglar hosil qilinmagan. 6-idishdagi o`simliklar bandlarini suvga tekkanlari deyarli hammasi zararlangan. Tegmagan bandlari sog`lom. Barg yaproqlari umumiy soni 65 ta bo`lib, 18 tasi butunlay qurigan. 7-idish o`simliklar qurigan faqat bandlarida yashillik bor. Ildizi tiniq ko`k sog`lom. Idishga 2-3 ta oila yangi qo`shdik. 18.08.2022. 1-idishdagi o`simlik ildizlari zararlangan. Uchki qismi qora qoplam bilan qoplangan. Yashil rangli qoplam ham hosil bo`lgan. Barg yaproqlarida qurish alomatlari mavjud. Bandlarining suvga tekkan qismlarida zararlanish mavjud, suvga tegmagan qismlari sog`lom. 2-idishdagi o`simliklarda ham yahil qoplam biroz mavjud. Ildiz uchlarida qora dog`lar hosil qilingan. Barg bandlari shikastlangan. Sog`lomlari ham mavjud. Barg yaproqlarining esa deyarli hammasi zararlangan. 3-idishdagi o`simliklarda ildizi yashil qoplam hosil qilgan. Barg bandlarining suvga tekkan qismlarida shikastlanish mavjud. Suvga tegmagan bandlari sog`lom. Barg yaproqlarining esa hammasida bujmayish mavjud. 4-idishdagi o`simlik ildizida yashil qoplam nisbatan kam. Ildiz uchlarida qorayishlar mavjud. Ammo asosiy ildizning uchki qismi oq. Yaproqlarning 60% qismida bujmayish mavjud. Bandlarda esa sarg`ayish 3-idishga nisbatan kam 5-idishdagi o`simlik ildizlari sog`lom. Uchki qismi oqish, yashil qoplam hosil qilmagan. Barg bandlari ham suvga tekkan bandlarda biroz sarg`ayish mavjud. Qolganlari yashil. Barg yaproqlari qurishda davom etmoqda. 6- idishdagi osimliklarning ildizi tiniq, uchi oq, barg bandlarining suvga qaragan tomoni shikastlangan, suvga tegmagan bandlar sog`lom. Barg yaproqlarining hammasida esa sarg`ayish mavjud. Faqat 4 ta barg sog`lom. 7-8-idishlarga keha (17.08.2022) solingan o`simliklar sog`lom. Boshqalari esa qurish arafasida. Shu sababli ham ikala idishga mutlaqo o`simlik massasi solinmoqda. Download 107.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling