Gnss va gps haqida tushuncha


Download 381.77 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi381.77 Kb.
#1394156
1   2   3   4
Bog'liq
3-2

ArcView dasturiy tizimi. ArcView ESRI kompaniyasining dasturi boʻlib,
bu dastur avlod sifatida bir necha seriyalar turkumida ishlab chiqiladi. ArcView
dasturining ilk avlodi 1993-yili Arc/Info tizimi uchun qoʻshimcha sifatida
yaratildi va bu dastur ommaviy ravishda foydalanuvchilar uchun moʻljallangan.
ArcView kartografik ma’lumotlarni yaratish, tahlil qilish va tasvirlash uchun
juda qulay dastur hisoblanadi. ArcView ning birinchi va ikkinchi versiyalari
ma’lum hudud boʻyicha tarqalgan geografik ma’lumotlar (obyekt va hodisalar) ni
koʻrish va tahlil qilish uchun eng oddiy va shu bilan birga samarali dastur sifatida
ishlab chiqilgan. Bu dasturni qoʻllash sohalari turlicha, ya’ni biznes va fan, ta’lim
va boshqaruv, ijtimoiy soha, demografik va siyosiy izlanish, sanoat, ishlab
chiqarish va ekologiya, transport va neft-gaz sanoati, yerdan foydalanish va
kadastr hamda boshqa sohalardirUshbu dasturning keyingi avlodlari chiqishi bilan undagi funksiyalar ham
tobora oshib boradi. Masalan, ikkinchi avlod vakilida geografik elektron jadvallar
bilan ishlash, qaror qabul qilish va statistik ma’lumotlarni jadval koʻrinishida
kiritish imkoniyatlari mavjud boʻlsa, uchinchi avlodida fazoviy tahlil va
modellashtirish kabi funksiyalar bilan boyitilgan. Hozirgi kunda sanoatda va
ishlab chiqarish sohasida ArcView dasturining toʻqqizinchi avlodi ishlatib
kelinmoqda va u yuqoridagilardan koʻra koʻproq funksiyalar bilan toʻldirilgan
hamda ishlash tezligi ham oshirilgan.
ArcView dasturi quyidagi vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan:
kartalarni yaratish va tahrir qilish;
kartalarni vizuallashtirish va loyihalash;
mavzuli kartalar yaratish;
geografik va semantik ma’lumotlarni fazoviy hamda statistik tahlil qilish;
geokodlash;
ma’lumotlar bazasi bilan ishlash;
karta hisoboti va xulosalarini printer, plotter yoki grafik fayllarga oʻtkazish.
ArcView dasturidan fazoviy ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanish
mumkin. Dasturning asosiy xususiyati – jadval koʻrinishida oddiylik bilan ishga
tushishi, dBASE tipidagi fayllar va server ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni
tasvirlashda, qayta ishlashda ularni yaxshi tushunish va tahlil etishdir.
ArcView dasturi quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Oʻzlashtirilishi oddiy. ArcView dasturida foydalanuvchi uchun
tushunarli va qulay interfeys yaratilgan hamda kartografik qayta oʻzgartirish
berilgan boʻlsa ham u berkitilgan. Operatsiyalar tushunarli va oddiy boʻlib,
bazaviy ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatiga ega. Kartografik ish stolini
oʻzlashtirish uchun bazaviy ma’lumotlar bilan ishlash ish tajribasiga ega boʻlish
lozim.
2. Ma’lumotlar oynasini 3 xil koʻrinishda va xohlagan miqdorda koʻrish
mumkin: karta oynasi, roʻyxatlar va grafiklar. 3. Ma’lumotlarni sinxron texnologiyada tasvirlash, bir vaqtning oʻzida
tarkibida bir xil ma’lumotlarga ega bir nechta oynalarni ochish imkoniyati
mavjud, hatto bir oynada ma’lumotlarni oʻzgartirish natijasida avtomatik ravishda
boshqa oynalarda ham oʻzgarish kuzatiladi.
4. Rastr ma’lumoti bilan ishlash. Koʻrilayotgan dasturda rastr
ma’lumotlarini ishga tushirish va geografik proyeksiyalarga bogʻlash yetarli
darajada sodda keltirilgan. Muhim jihati shundaki, foydalanuvchi kamida 3 ta
koordinata nuqtalarini bilishi lozim. Hozircha bu dasturda rastr ma’lumotlarini
burish va choʻzish imkoniyati mavjud emas, ammo bu masalalar ushbu dastur
foydalanuvchilari tomonidan yozilgan ilovalarda mavjud.
5. Ma’lumotlarni vizuallashtirish. Bu tartib foydalanuvchiga jadval
koʻrinishidagi ma’lumotlarni har xil koʻrinishda koʻrsatish imkoniyatini beradi.
Misol uchun, belgilar, diagramma, rang berilgan maydon va chiziqli obyekt va
boshqalarni masshtablangan usulda koʻrish mumkin.
Kartada ma’lumotlarni tasvirlashda foydalanuvchi raqam koʻrinishidagi
ma’lumotlarni emas, balki uning orqasida turgan kartani koʻradi.
6. Geoaxborot tahlil vositalari. ArcView dasturida bufer
(loyihalashtirilayotgan) chegarani hosil qilish, ishlab chiqarish obyektlarini
shakllantirish, obyektlarni hosil qilish va oʻzgartirish, grafik tahrirlash va boshqa
imkoniyatlarni beradi.
Foydalanuvchi mavzuli kartalarni hosil qilish, yaratish va saqlash, rang
berish va parametrlarga bogʻliq holda geografik obyektlarni rasmiylashtirish
imkoniyatiga ega.
7. Geografik obyektlarni guruhlashtirish. Bu vositalar turli vaziyatlarni
tezkor tahlil va prognoz qilish imkoniyatiga ega.
8. Hisobotlar va nashrlar hosil qilish. ArcView dasturida turli koʻrinishdagi
printer qurilmalaridan karta boʻlagi, jadval, grafik va yozuv koʻrinishidagi
hisobotlar hosil qilish va nashrga berish mumkin. Standart drayverlari orqali
xulosa nashrga beriladi. 9. ArcView dasturi shaxsiy kompyuterlarning (Windows 95, 98, NT, XP va
Vista), Macintosh, HP UNIX va boshqa tizimlari bilan ham ishlaydi. Barcha
tizimlarda foydalanuvchi interfeysi bir xil koʻrinishda boʻlib, CD-ROMga
uzatiladigan ArcView formatidagi ma’lumotlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan
tizimlar orqali ham qabul qilinadi.
10. Ma’lumotlardan foydalanish. Masofaviy baza ma’lumotlaridan
biriktirilgan jadvallar yordamida foydalanish mumkin. ArcView dasturidan
chiqmasdan turib, biriktirilgan jadvallarni tahrirlash va oʻzgartirishlarni saqlash
mumkin. Menyular yordamida Access va Excel jadvallarini toʻgʻridan toʻgʻri
ochish mumkin.

Download 381.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling