Go ʻzallik
Download 163.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Goʻzallik
- Bu sahifa navigatsiya:
- = Raqamlangan ro ʻyxat qismi =qq
- Sarlavha matni Sarlavha matni
Go ʻzallik Vikipediya, ochiq ensiklopediya Bu maqolada manbalar teglariga olinmagan, yoki umuman ko ʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va ko ʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. Go ʻzallik — estetika tushunchasi. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning, inson faoliyatining kishida mehr-muhabbat, quvonch, zavq, erkinlik tuyg ʻulari hosil qilishga qodir boʻlgan xususiyatlarini ifodalaydi. Xunuklikning aksi. 1. = Raqamlangan ro ʻyxat qismi =qq == == == == Islom ta ʼlimotida G.ning oʻzi ham, timsoli ham Alloh jamolidandir. Inson goʻzalligi uning yaxshilik qilishida, sabr-toqatida; bular inson go ʻzalligini belgilovchi mezon sifatida qaraladi. G. insonning Alloh karomatini tushunib yetishi va unga ergashishi, ma ʼnaviyaxloqiy poklanish sari intilishidir. O ʻrta Osiyo mutafakkirlari G.ni islom aqidalari ruhida idrok etsalarda, G.ning murakkab maʼnaviy jarayon ekanligini ta ʼkidlashga harakat qilganlar. Forobiy taʼlimotiga koʻra, G. — insonning jismoniy, maʼnaviy va axloqiy chiroyining ifodasidir. Alisher Navoiy barcha G. hayot va insonda, ayni vaqtda, barcha xunuklik va nopoklik ham insonda deb bildi, shuning uchun u inson tarbiyasiga katta ahamiyat berdi. G. haqida juda ko ʻp nazariyalar, qarashlar, taʼlimotlar mavjud. Ularda G.ning qaysidir bir tomoni, belgisi, ahamiyati qayd etiladi. Sokrat fikricha, inson uchun foydali va kerakli narsalar go ʻzaldir. Platon tasavvuricha, inson G.ni allaqanday estetik-ruhiy kayfiyat chog ʻidagina idrok eta oladi. Uning taʼlimotiga ko ʻra, G. narsa va predmetlarga xos boʻlmay, insonning voqelikka maʼnaviy-estetik munosabati natijasida tug ʻiladigan gʻoya, tushunchadir. Aristotel, Didro fikriga koʻra, narsa va hodisalardagi uygʻunlik, mutanosiblik G.ni tashkil etadi. Inson narsa va hodisalarning go ʻzal yoki xunukligini belgilashda meʼyor Sarlavha matni Sarlavha matni vazifasini o ʻtaydi. Insoniy meʼyor G.ning asosidir. Kant G. asosiga kishining narsa va hodisalardan beg ʻaraz zavq olishini qoʻyadi. Maʼrifatparvarlar G. deb, insonning hayotda uygʻun ijtimoiy aloqalar o ʻrnatishga boʻlgan intilishini tushunganlar. Gegel fikriga koʻra, tabiatdagi G. dan sanʼat goʻzalligi mukammalroq, chunki unda timsol va g ʻoya oʻzining mutlaq uygʻunligini topadi. Chernishevskiy ta ʼkidlashicha, hayot — G.dir, inson hayoti, ehtiyoji va maqsadiga mos tushuvchi narsalar goʻzaldir. 19—20-asr jahon estetikasidagi turli falsafiy yo ʻnalishlar vakillari ilgari surgan gʻoyaga koʻra, G. inson ruhiyati, qalbi va ma ʼnaviyati bilan bogʻliq tushunchadir. G. manbai — shaxs qalbidadir. G. — inson va hodisalarni umuminsoniy va milliy qadriyat sifatida belgilovchi ijtimoiy, ijobiy va ijodiy tushunchadir. G. ni idrok etish shaxsning jamiyatda tutgan o ʻrni, ongi, didi, dunyoqarashi va b. omillarga bog ʻliq. Oʻzbek tilidagi "chiroyli" soʻzi estetik baho sifatida alohida buyum, narsa va shaxsni, koʻpincha tashqi belgilar va shakllarning mutanosibligi, uygunligini nazarda tutsa, G. so ʻzi inson ongidagi tushunchani, tasavvurni, idealni ifodalaydi. Tarixiy taraqqiyot natijasida har bir xalq o ʻzining G. ideali va tushunchasiga ega bo ʻladi. Bu tushunchalardagi mushtarak insoniymaʼnaviy jihatlar umumbashariy G. haqidagi tasavvurni shakllantiradi. G. tabiat, jamiyat va insonga xos mushtarak xususiyatlarni qamrab olgan holda muayyan sharoit va hodisalar bilan bog ʻliq tarixiy, ijtimoiy, milliy va oʻziga xos jihatlarga ega boʻladi. Tabiatdagi G. ko ʻproq mutanosiblik, uygunlik, rang-baranglik singari zohiriy belgilar, sifatlar meʼyori bilan baholanadi; ijtimoiy hayotdagi G. jamiyatning inson uchun yaratgan erkin va demokratik tamoyillari darajasi bilan o ʻlchanadi; adabiyot va sanʼatdagi G. ijodkorning original obrazlar, gʻoyalar kashfiyoti, badiiy maxrrati bilan belgilanadi. Izoh2 1. YO ʻNALTIRISH Moʻljal sahifa nomi . Barcha narsa va hodisalarning go ʻzalligini ifodalovchi asosiy omil — uning kishiga zavq bagʻishlashi. San ʼat asarlari G.ni yorqin va umumlashtirib aks ettirgani uchun ular har bir shaxsda zavq uygʻotadi, G. tuyg ʻusini tarbiyalaydi. O ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Mahmudov T., Go ʻzallik va xayot, T., 1977; Umarov E., Estetika, T., 1992; Abdullayev M., Yo ʻldoshev A., Estetika tarixi, Fargʻona, 1996; Adabiyotlar Mahmudov T., Mustaqillik va ma ʼnaviyat, T., 2001. Tilab Mahmudov. Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Go% CA%BBzallik&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrog ʻiga almashtirish kerak. 1. YO ʻNALTIRISH Moʻljal sahifa nomi "https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Goʻzallik&oldid=3096225" dan olindi Download 163.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling