Go'daklar salomatligining o'rganishning tibbiy geografik tahlili


Download 22.89 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi22.89 Kb.
#1828267
Bog'liq
Taqriz 1Abdulla tashqi


Namangan davlat universiteti magistranti Usmanaliyev Abdulla Muxamadjonovichning “Go'daklar salomatligining o'rganishning tibbiy geografik tahlili ” mavzusidagi 70530402 – Geografiya (oʻrganish obyekti boʻyicha) mutaxassisligi bo`yicha magistr darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiyasiga


T A Q R I Z

Hozirgi kunda respublikamizda aholi salomatligini muhofaza qilish, tug'ish yoshidagi ayollarning tibbiy ahvolini yaxshilash, aholining o'rtacha umr davomiyligini oshirish bo'yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «...oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam korsatish, chaqaloqlar va bolalar o'limini kamaytirish boyicha kompleks chora-tadbirlarni yanada keng amalga oshirish» vazifalari belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish, xususan aholi salomatligini tiklash, bolalar va onalar o'limini kamaytirish, umr davomiyligini uzaytirish, mavjud tanatogeografik vaziyatni yaxshilash bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.Global iqlim ilishi sharoitida tobora ortib borayotgan suv resurslari taqchilligini zararli oqibatlarini yumshatish va unga moslashish choralarini ko’rish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.


Mazkur dissertatsiyaning kirish qismida tadqiqot mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi yoritilgan, tadqiqotning obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari tavsiflangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi, asosiy masalalari va farazlari bayon qilingan, tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi, tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi ochib berilgan, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati hamda dissertasiyaning tuzilishi bo`yicha ma`lumotlar keltirilgan.
Dissertasiya ishining “Go'daklar salomatligining ilmiy nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida Go'daklar salomatligi haqida tushuncha bo'yicha malumotlar keltirilgan.
Dissertasiyaning ikkinchi bobi “Go'daklik davrida vujudga keladigan salomatlik bilan bog'liq muammolar va ularning yechimi” deb nomlangan bo`lib, ushbu bobda Go'daklar salomatligi bilan bog'liq asosiy muammolarning geografik jihatlari, shahar-qishloq joylarda go'daklar salomatligining geografik tafovutlari, asosiy yo'nalishlari bo’yicha tahliliy ma`lumotlar yoritilgan.
go'daklar o'limi holatining ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari hududlar bo'yicha aniqlangan;
hududlar go'daklar o'limi indeksiga ko'ra, mezonlar asosida baholangan hamda guruhlarga ajratilgan;
go'daklar o'limi hamda umr davomiyligi korsatkichlarining kelajakdagi holati va ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ozgarishiga tasiri asoslangan;
Respublikaning turli tabiiy-xojalik zonalarida, yani sug'orma dehqonchilik, cho'l-yaylov chorvachiligi, tog'-yaylov chorvachiligiga ixtisoslashgan hududlarda go'daklar o'limi boyicha tafovutlar aniklanib, sabablari bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari bayon qilingan.
Dissertasiyaning yakunlovchi xulosa qismida bob va bo`limlarni qamrab olgan holatda asosiy natijalar, mulohazalar, ilmiy taklif va tavsiyalar keltirilgan.
Dissertasiyada yuqorida ta`kidlangan yutuqlar bilan birga quyidagi tavsiyaviy harakterga ega bo’lgan kamchiliklar ham mavjud, ular:
1. Dissertatsiya ishida diogramma, gistogramma, kartogramma va boshqa shu kabi tadqiqot natijalarini o’quvchanligini oshiradigan vositalardan, ayniqsa, xaritalardan kengroq foydalanilganda dissertatsiya ishi mazmunan yanada boyigan bo’lar edi.
2. Dissertatsiya ishida, asosan, O`zbekistonda godaklar olimi boyicha hududiy farqlarini aniqlash va respublika hududlarida aholi ulimini pasaytirishga xizmat qiladigan ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
3. Dissertatsiya mavzusi doirasida tadqiqot olib borgan olimlarning ilmiy ishlari, ularning natijalari va xulosalari dissertatsiya ishida yanada kengroq muhokama qilinganda ishning sifati yanada ortar edi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan taklif va mulohazalar dissertasiya ishida erishilgan yutuqlarga, umumiy mazmuniga jiddiy ta`sir ko`rsatmaydi. Shuning uchun “Go'daklar salomatligining o'rganishning tibbiy geografik tahlili” mavzusidagi dissertasiya ishini himoyaga tavsiya etaman va dissertasiya muallifi Usmanaliyev Abdulla Muxamadjonovich magistr darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.
Andijon davlat universiteti
Geografiya kafedrasi katta o'qituvchisi
G.f.f.d (P.h.D) M.M.Atajonov
Download 22.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling