Go’daklarda ona sutining biokimyoviy ahamiyati z. R. Mamadaliyeva


Download 337.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana07.05.2023
Hajmi337.92 Kb.
#1440961
1   2   3   4   5
Bog'liq
go-daklarda-ona-sutining-biokimyoviy-ahamiyati

www.scientificprogress.uz
 
Page 27
neyrogormonal muvozanatni saqlash mexanizmi bilan boshqariladi. Lakatsiyaning 
kuchli stimulyatorlardan biri-ko’krakning bola tomonidan so’rilishi va uning sut 
qoldiqlaridan yuqori darajada to’liq ozod bulish jarayonidir. Laktatsiyaning miqdoriga 
va sut tarkibining sifatli bo’lishiga onaning homiladorlik vaqtidagi va emizish 
davridagi ovqatlanishi katta ta’sir ko’rsatadi . Emizikli onaning oziq -ovqat mahsulotlari 
turli tuman bo’lib, ularning tarkibida to’la qimmatli oqsillar, yog’lar, mineral tuzlar, 
mikroelementlar vitaminlar bo’lishi kerak. Ayniqsa ona organizimiga oqsilning yetarli 
miqdorda kirishi katta ahamiyatga ega, chunki u sut oqsilining sintezi, shuningdek, 
fermentlar, gormonlar, immum tanachalarining manbai bo’lib hisoblanadi. 
Og’iz sutining umumiy tavsifi. Bola tug’ilganidan so’ng dastabki 2-3 kun ichida 
onaning sut bezi sarg’imtir rangli suyuqlik – og’iz sutini ajratadi. Og’iz sutida vitamin 
A E va K lar ham ancha ko’proq bo’ladi. Og’iz sutida taurin, nervlarni o’stiruvchi omil 
kabi moddalar ham ko’p miqdorda aniqlangan. Og’iz suti yetilgan sutga nisbatan 
laktoza, yog’lar, suvda eriydigan vitaminlar kamroq, lekin oqsil, mineral moddalar 
ko’proq bo’ladi. Oqillarning asosiy qismini immunoglobulinar tashkil qiladi. Ular yangi 
tug’ilgan chaqaloqlarning yetilmagan ichak yuzasini qoplab, himoya qatlamini hosil 
qilib, uni bakteriya, virus, parazit va boshqa patogenlar ta’siridan himoya qiladi. Ona 
suti bola uchun bebaho oziqa. Ona suti suyuq, yengil hazm bo’ladigan va kaloriyasi 
yetarli, turli mikroblardan holi, pishirishni va isitishni talab qilmaydigan tayyor 
oziqadir. Yangi tug’ilgan chaqaloq organizmi fiziologik jihatidan to’la yetilmagan
hazm qilish va moddalar almashinuvi yaxshi takomillashmagan bo’lgani uchun unga 
faqat ona suti mos keladi. Ona sutida 100 dan ortiq oziq moddalari bo’ladi, sut faqat 
miqdor jihatidan bola ehtiyojini qoplamay, sifat jihatidan ham bolaning Yoshi va 
sog’ligiga mos keladi. U o’z tarkibida hamma kerakli oziq moddalar- oqsillar, yog’lar 
uglevodlar, vitaminlar, tuzlar va mikroelementlarni tez o’suvchi bola organizmi 
ehtiyojlarini to’la qondira oladigan miqdorda saqlaydi, ular yengil hazm bo’ladigan 
nisbatda hamda tarkibi bola to’qimasi tarkibiga yaqin bo’ladi. Shu jihatlari bilan ona 
suti sigir sutidan tubdan farq qiladi. Ona suti va sigir sutining oqsillar bir xil 
aminokislatalardan iboratligiga qaramay, ulardagi hamma aminokislatalarning miqdori 
turlichadir. Bu faqat oqsillarning o’ziga xos sifati va tuzilishini belgilab beradi.
Yetigan sutning tarkibi: Oqsillar-oziqa tarkibiy qismlardan odam organizmi uchun juda 
katta ahamiyatga ega, chunki ular hamma hujayra va to’qimalarning asosiy tuzilishi 
birligi bo’lib hisoblanadi. Ularning ishtirokida organizimning hamma vazifalari – 
o’sish, modda almashinuvi, muskul faoliyati, ruxiy rivojlanish va boshqalar amalga 
oshadi. Laktatsiyaning birinchi oylarida ona suti chaqaloq uchun oqsillarning yagona 
manbayi hisoblanadi. Chaqaloqlar hayotining 4,5 -5 oylari mobaynida asosan ko’krak 
suti o’suvchi organizmning plastik materialga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Ko’krak 
sutida oqsillar miqdori 11,5 -20,5 g/l bo’ladi. Ona suti oqsilli albumin va 
immunoglobulinlarga boy. Ona suti oqsillari emizikli bolalar me’da shirasining past 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 337.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling