Go’daklarda ona sutining biokimyoviy ahamiyati z. R. Mamadaliyeva


Download 337.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana07.05.2023
Hajmi337.92 Kb.
#1440961
1   2   3   4   5
Bog'liq
go-daklarda-ona-sutining-biokimyoviy-ahamiyati

www.scientificprogress.uz
 
Page 29
organizmda fosfar-kalsiy almshinuvi izdan chiqadi . Bu holat pirvorardida raxit 
kassaligining kelib chiqishiga sabab bo’ladi, suyaklar yumshab mo’rt bo’lib qoladi, 
suyak bo’g’imlari kengayadi. Vitamin E nasl qoldirish bilan bog’liq bo’lgan hamma 
jayaronlarni monandlashtirish uchun zarurdir. Sutda vitamin E 9 mg % miqdorda 
bo’ladi. Vitamin K qon ivish jarayonida ishtirok etadi, qon hosil bo’lishini kuchaytiradi 
va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Ular sut tarkibida judda oz bo’ladi. Vitamin B 1 
ning bo’lmasligi organizmda uglevod va yog’lar almashuniviga salbiy ta’sir ko’rsatadi, 
oqibatda miya faoliyatidagi asosiy jarayonlar buziladi, polinevrit kassaligi yuzaga 
keladi harakat nervlari shikastlanadi, oshqaozon va ichaklarning ish faoliyati buziladi, 
jumladan yurakning atrofida ham og’riqlar paydo bo’ladi .Vitamin B2 to’qimalarning 
nafas olish jarayonida qatnashadi, ayniqsa bolalarni o’sishi va vaznini oshishiga 
yordam beradi. Bu vitamin yetishmasa teri va shilamshiq pardalar yoriladi, ularga 
mayda yaralar toshadi, bundan tashaqari ko’zning shillimshiq pardasining kasallanishi, 
yorilishidan qichishishi va qurishi, quvvati pasayishi mumkin. Sutda miqdori 30-50 
mkg/dl. Vitamin B 6 organizm uchun judda muhim, chunki barcha moddalar 
almashunuvida qatnashadi. Teri kasaligining oldini oladi, fermentlar tarkibiga kiradi, 
nerv sistemasini tartibga soladi, homiladorlik va tug’ishning me’yorda o’tishiga 
yordam beradi. ichakdagi foydali bakteriyalarning ko’payishga ham yordam qiladi.
Sutda miqdori 15 mkg /dl. Vitamin B 12 yetishmasligi og’ir havfli animeya 
kassaligining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Sutda miqdori 0,1 mkg/dl Sutda biotin 
miqdori 0,8mkg/dl bo’ladi.
Himoya vositalari: Bola tug’ilib ‘’mikroblar dunyosiga’’ tushgandan song’ yashab 
ketishiga moslashish uchun ko’krak sutining himoya mexanizmlari muhim ahamiyatga 
ega. Sutning himoya omillariga lizotsim fermenti kiradi, uning konsentratsiyasi ona 
sutida boshqa biologic suyuqliklardagiga qaraganda yuqoriroqdir. Lizotsim spetsifik 
bo’lmagan kuchli himoya omilidir. Ko’krak sutida u ancha barqaror shaklda bo’ladi. 
Lizotsim bakterial devorining tuzilish birligi – peptidogliklarni yemirish xususiyatiga 
ega. Ona sutida himoya xususiyatiga ega bo’lgan, temirga bog’liq oqsil laktoferrin ham 
mavjud, sut zaardobi oqsilidagi temirga bog’liqdir. 
Sutdagi fermetlar: Sutda fermentlar ko’p bo’ladi. Ularning bir qismi sut bezi 
hujayralarida sintezlanib, sutga qo’shiladi. Sutda doimo bir necha hil mikroblar bo’lib, 
ular o’zlarining hayot faoliyatlari jarayonida sut tarkibi va xossalarini o’zgartiradigan 
fermentlar va boshqa moddalarni ajratib turadi. Sutda fermentlardan lipaza, laktoza, 
fosfataza, reduktaza, peroksidaza,va katalazalar topilgan . Lipaza yog’ni parchalash 
xusisiyatiga ega. U sutga sut bezida sintezlanish natijasida hamda sut bakteriyalarining 
hayot faoliyati mahsuli sifatida tushadi. Laktazani mikroorganizmlar hosil qiladi, u sut 
laktazasining parchalanishi va jigarning bir me’yorda ishlab turishi uchun zazur. 
Fosfataza suyak va qon hosil bo’lishida muskullarning harakat funksiyalarida, jumladan 
yurakning ishida ham qatnashadi. Katalaza fermenti moddalar almashunivida hosil 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 337.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling