Go‘daklik davri reja
Download 88.71 Kb.
|
1 2
Bog'liqGO‘DAKLIK DAVRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zigota bosqichi (1—2 haftalik)
- Embrion bosqichi (3-8 hafta)
GO‘DAKLIK DAVRI Reja: 1. Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar. 2. Inqirozli davr sifatida go‘daklik davri. 3. Hayotining birinchi yilida psixik rivojlanish. 4. Go‘daklik davrining psixologik yangiligi. Bir yoshdagi inqiroz. Bolaning ona qornida paydo bolgandan tugllgunga qadar boladigan o‘zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir davr ona qornida bolajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish o‘rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila bosqichiga bolinadi. Zigota bosqichi (1—2 haftalik) Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implan- tatsiya jarayonining tugallanishi uchun ikki hafta kerak boladi, shundan so‘ng garmonal o‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz ko‘rishning vaqtinchalik to‘xtashiga olib keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning aylana olchamlari 1 mm dan kamroq boladi, uning hujayralari bo‘linishni boshlaydi. Homila tanasi murtak diski hujayralaridan rivojlanadi, bu bosqichda murtak diski zigota markazida joylashgan hujayralar to‘plami ko'rinishida boladi. Boshqa hujayralar rivojlanayotgan organizmni himoya qiluvchi va oziqlantiruvchi asosli to‘qimalarni hosil qilishi zarur. Implantatsiya va hujayralarning ajralib hosil bolishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari bolib hisoblanadi. Zigota 36 hafta davomida murtakdan bola tugllishigacha bolgan yolni bosib o‘tishga tayyor holga keladi. Embrion bosqichi (3-8 hafta) Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak hosil bolgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakkizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida embrionda uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashqi qavatda ektodermadon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. 0 ‘rta qavatda mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon tomirlari tizimi hosil boladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion bilan sakkiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalarga bolinishi boshlanib, organizm ko‘proq salamandrani eslatadi. 0 ‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik embrionda ko‘zlar, og‘iz, qo‘1 va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval o‘z faoliyatini boshlab yuborgan boladi. Embrionda odamga xos organlar u yoki bu shaklda mavjud boladi, lekin uning olchamlari onaga sezilarli darajada bolmaydi. Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joylashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bog‘langan. Kindik tizimchasi embrionni yo'ldosh bilan bog‘lovchi qon tomirlaridan iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon tomirlarigacha yetib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarining barmoqsimon o‘simtalari — qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi, shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga yetadi. Organlarning o‘z vazifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi. Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi. Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi 113,4 grammdan 226,8 grammgacha yetadi. Oxirgi 5 oyda homilaning og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari kattalashib borishini ko‘rish mumkin. Download 88.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling