G`ofurjonov Sarvarbekning “Pedagogika va psixologiya” fanidan tayyorlagan 1-5-topshiriqlari


Download 132.96 Kb.
bet18/21
Sana14.12.2022
Hajmi132.96 Kb.
#1006615
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
G`ofurjonov Sarvarbek Pedagogika va psixologiya 1-5-topshiriqlar

3-savolga javob.
Ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo‘nalishlari. Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko‘lamda o‘rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.Ilm-fan, madaniyat va ma’rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko‘taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kelajagini oldindan ko‘rsatib beradi. Ilm- ma’rifat e’zozlangan, ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda turish nizolar, urush to‘g‘risida o‘ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki ilm-ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi. Ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berish, bu haqda qayg‘urish mamlakat va xalq istiqbolini o‘ylash demakdir.
4-savolga javob.
Yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida joriy etish tartibi. Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishishga, farzandlarimizning hayotda nechog‘i faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak. Shu sababli ham birinchhi navbatda, ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta’lim mazmuniga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni kirishish g‘oyasi kun tatibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi. Ta’lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so‘z ketganda, dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o‘rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. Lekin bu ishlar o‘z yechimini topganicha yo‘q. Ochiqchasiga aytmaylik: Qaysi darsliklardan Prezidentimizning O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida... yoki O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda kabi asarlarida ko‘tarilgan g‘oyalar o‘rin olgan? Javob yo‘q. Endichi vazifa darsliklarning keyingi nashrlarida bunday namchiliklarini tuzatishdan iborat. Dars jarayonida ta’lim-tarbiyada o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta’lim jarayonining sub’yekti bo‘lishi kerak, ya’ni oqish, o‘rganish, muomala qilish o‘quvchi zimmasiga o‘tishi kerak.

5-Mavzu:



Download 132.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling