G`ofurjonov Sarvarbekning “Pedagogika va psixologiya” fanidan tayyorlagan 1-5-topshiriqlari


Download 132.96 Kb.
bet15/21
Sana14.12.2022
Hajmi132.96 Kb.
#1006615
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
G`ofurjonov Sarvarbek Pedagogika va psixologiya 1-5-topshiriqlar

O‘z- o‘zini tarbiyalash usullari. O‘z o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo‘lganda, u o‘zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mutsaqillik ko‘rsata boshlagan vaqtdan boshlanadi. O‘z o‘zini tarbiyalashda (axloqiy, jinsiy, intementual, xissiy-irodaviy) maslaxat va ko‘nikma lar berilishi lozim. -o‘z o‘zini tahlil qilish -o‘z o‘zini baholash o‘z o‘ziga xolisona berish, qoniqish hosil qilish va x . Rag‘batlantirish va jazolash usullari. O‘quvchi bolalarning har biri o‘sib, ulg‘ayib, kamol topib borayotganidan xursand bo‘lganini sezishi kerak. Shundagina bola o‘zining olg‘a siljib borayotganini ko‘ra biladi, o‘z kuchiga ishonadi.
Rag‘batlantirish quyidagi turlarga bo‘linadi: (maktablarda)
1)O‘quvchining kuchi etadigan, ma’suliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish: bunda bola o‘z qadr qimmati bilan faxrlanadi.
2) maktab (majlislarda)
3) estalik sovg‘alar berish.
4) maqtov yorlig‘i berish
5) stipendiya bilan ta’minlash.
6) hurmat taxtasiga rasmini osish
7) qo‘llab quvvatlash
8) ma’suliyat va jamoaning minnatdorchiligi
9) sinfda birinchi o‘rinda turish
10) musobaqalarda bayroq ko‘tarish gazeta, radioda, televizorda e’lon va x.
Jazolash bu tarbiyalanuvchining harakat va faoliyatiga salbiy baho berish, bu oxirgi tarbiya usuli, (urish, kaltaqlash, jismoniy jazo mumkin e’mas) Turlari. -tanbeh berish - xayfsand e’lon qilish -uyaltirish. Jazo yaxshi o‘ylab qo‘llanishi lozim, qiziq ustida tinimsiz jazolash mumkin emas. Jazo yakka tartibda bo‘lishi kerak ya’ni bitta jazo aybiga mos.
3-savolga javob.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi
Tarbiya metodlari:
-Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).
-Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
-Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish).
-Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar). qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar). Xalq pedagogikasi namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar yordamida qo‘llanilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (choyxona, to‘y marosimlari), sayillar, oilaviy an’analar (tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ma’lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, shuningdek, davlat mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o‘ziga xos tarbiya vositasisanaladi. Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin.

Download 132.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling