G’ofurova mavluda botirjon qizi


Magistrlik dissertatsiyasini ilmiy yangiligi shundaki


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#265156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
jek london hikoyalarini ingliz tilidan ozbek tiliga tarjima qilish muammolari

Magistrlik dissertatsiyasini ilmiy yangiligi shundaki, 

uni  yozish  jarayonida  3  ta  turli  soha  bilan  to‘qnash  kelinadi.  Bular: 

tilshunoslik, tarjima kilish muammosi hamda uslubiyatdir. Bu borada ilmiy ishning 

bayoni uchun - qissiy-tasviriy tahlil qilish uslubi tanlandi. Bu o‘zida asl nusxa va 

tarjima matnlarini qiyoslashni aks ettiradi: 

a) 


o‘zbekcha tarjima matnining ingliz tilidagi asl nusxasiga muqobilligiga 

erishganligi nuqtai nazaridan qiyoslash; 

b)  leksikani (so‘zlarni) tilning grammatik imkoniyatlari darajasida izoxlash. 

Ilmiy  ishning  vazifasi  tadqiqot  davomida  asl  nusxa  matni  bilan  tarjima 

matnini qiyoslash jarayonida: 

a)  muqobil tomonlarni; 

b)  farq qiluvchi tomonlarni;  ., 

v)  tarjimadagi ba’zi bir nomutanosibliklarni; 

g)  tarjimaning  muvaffaqiyatlarini  va  qadr-qimmatini  aniqlash,  tasniflash, 

tahlil qilishdan iborat. 

O‘zbekistonimizning  mustaqil  davlat  sifatida  jaxon  siyosiy-iqtisodiy 

maydonida  chiqishi  jarayonidagi  muhim  voqealar  turli  ijtimoiy  jabhalarning 




 

rivojlanishi,  qayta  tashkil  etilishi  ko‘lamida  kechmoqda.  Hukumatimizning  ichki 

ma’naviyat-ma’rifat  sohasidagi  siyosati,  Prezidentimiz  Islom  Karimovning 

ma’naviy  qadriyatlar  va  milliy  o‘zlikni  anglashning  tiklash  mavzusiga  doir 

fikrlarni  ifoda  etuvchi  asarlari  mazkur  tadqiqotning  metodologik  asosini 

tashkiletadi.

Magistrlik  dissertatsiyasini  yozish  jarayonida  biz  tarjimashunoslik  va 



tilshunoslik  sohalarida  fundamental  tadqiqotlarni  amalga  oshirgan  yetuk 

olimlarning  (foydalanilgan  adabiyotlar  ro‘yxatiga  qaralsin)  ilmiy  asar  va 

maqolalarini  ishimizning  nazariy  asosi  qilib  oldik,  ularga  suyangan  holda 

dissertatsiyamizning mazmun va mohiyatini yoritib berishga harakat qilamiz. 




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling