Gomeopatik dori vositalari, texnologiyasining


Gomeopatik kukunlar tahlili


Download 35.6 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi35.6 Kb.
#1562333
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 мавзу Gomeopatik dorilar

Gomeopatik kukunlar tahlili

  1. Kukunlar mikroskop yoki lupa ostida ko‘riladi (kunduzgi yorug‘likda). Dori moddada sut qandi tekis tarqalgan bo‘lishi kerak. Rangli, kuchli hidli va mazali kukun bo‘lsa ularning rangi, mazasi va hidi tekshiriladi.

  2. Kukunlardan tayyorlangan eritmalarning qayta kristallanishi tekshiriladi. Buning uchun to‘yingan eritma tayyorlanadi. Aniq o‘lchangan moddani o‘lchov qolbasiga solinadi, ustiga kerakli hajmda suv solib, og‘zi yopiladi va suv hammomida eritiladi, ushbu holatda 10-15 daqiqa qoldirilib, asta sekin havoda sovutiladi.

  1. Izomorf kristallar va tezda kristallanadigan moddalarning to‘yingan eritmalari bilan quyidagicha ish olib boriladi. Tayyorlangan eritmalardan bir necha tomchi buyum oynachasiga tomiziladi. So‘ngra oldindan qizdirilib va sovutilgan shpatelb bilan tekshiriluvchi kukun olinadi va tomizilgan tomchilarning biriga qo‘shiladi. Bunda kukunda izomorf kristall bo‘lsa, tomchining tiniqligi yo‘qoladi va kristallar hosil bo‘ladi, kristallar tomchining yuzasini qoplaydi. Masalan: atsetat natriy, Segnet tuzi.

  2. Izomorf kristall bilan qo‘shilganda kristali kattalashadigan, lekin o‘zi kristallanmaydigan moddalarning to‘yingan eritmalari quyidagicha tekshiriladi: 1- usul. Pipetka yordamida bir necha ml to‘yingan eritmalardan olib, ehtiyotkorlik bilan chetlariga tegizmasdan kichkina probirkaga solib, og‘zi shisha tiqin bilan yopiladi. So‘ngra ustiga platina shpatelb yordamida tekshiriluvchi kukun qo‘shiladi, probirka yopiladi va egilgan holatda bir necha soatga qoldiriladi. Agar namunada mikroskopik kichik izomorf kristallar bo‘lsa, bir necha soatdan keyin probirkalarning pastki qismida katta kristallarni yoki turli kattalikdagi druzlarni ko‘rish mumkin. Masalan: natriy tetraborat, mis sulbfat.

s) Metalli va ko‘mirli kukunlarning zarrachalarining kattaligini mikroskop ostida quyidagicha tekshiriladi:

  1. usul: buyum oynachasiga 0,02-0,03 g kukun solinadi, ustiga 1 -2ml tozalangan suv qo‘shiladi va asta sekin isitiladi. 0,02 g sut shakari qo‘shilib eritiladi va past olovda bug‘latiladi. Qolgan yog‘simon qoldiq shisha yopqich bilan yopiladi va mikroskop ostida 200 marta kattalashtirilgan holda ko‘riladi. Tiniq bo‘lmagan metall zarrachalarining kattaligi mikroskopda ko‘riladi.

  2. usul: 0,02-0,03g kukun buyum oynachasida kanada balbzami bilan yaxshilab aralashtiradi. So‘ngra isitilib havo pufakchalari yo‘qotiladi va oynacha bilan yopib yuqorida ko‘rsatilgandek tekshiriladi.


Download 35.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling