Gomogen sistemalarda kimyoviy


Tezlik qonuni va uning komponentlari


Download 178.96 Kb.
bet4/7
Sana13.05.2023
Hajmi178.96 Kb.
#1455621
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-ma\'ruza

Tezlik qonuni va uning komponentlari
Reaksiyaning har qanday kinetik o’rganilishining asosiy markaziy qismida tezlik qonuniyotadi, bunda tezlikni konsentratsiyalar va temperatura funksiyasi sifatida ko’riladi. Tezlik tajribaga asoslangani uchun molekulyar darajada ketuvchi reaksiyalarning har qanday gipotezasi bunga mos kelishi kerak.
Ushbu bo’limdagi muhokamada tezlik qonunida mahsulotlar konsentratsiyalari uchramaydi, demak, tezlik qonuni faqat reagentlar konsentratsiyasi va temperaturaga bog’liq bo’ladi. Berilgan temperaturada umumiy ko’rinishda ushbu reaksiyani ko’rib chiqamiz:

Tezlik qonuni esa:


aA+bB+…→ cC+dD+….

Tezlik=k[A]m[B]n


Bu yerda k proporsionallik koeffitsienti bo’lib, tezlik konstantasi deb ataladi, u berilgan temperatura va reaksiya uchun mos bo’lib, reaksiya davom etayotganida o’zgarmaydi (shuningdek, 16.5 bo’limda k temperatura o’zgarishi bilan o’zgaradi). Darajada turgan m va n lar reaksiya tartibibo’lib, ularni qanday qilib aniqlashni ko’rib chiqamiz.Bunda esda saqlash uchun ikkita asosiy kalit bular:
Reaksiyadagi tenglashtiruvchi a va b koeffitsientlarning m va n reaksiya tartiblariga umuman aloqasi yo’q. Tezlik qonuni komponentlari – tezlik, reaksiya tartibi va tezlik konstantasi – tajriba bilan birlashtirilishi kerak.
Ushbu bo’limga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang’ich tezlikni aniqlash uchun konsentratsiyalarni hisoblab, reaksiya tartibini hisoblash uchun boshlang’ich tezlikni ishlatib va tezlik konstantasini hisoblash uchun ushbu qiymatlarni ishlatib tezlik qonuni komponentlarini topamiz. Reaksiyaning tezlik qonunini bilgan holda biz har qanday boshlang’ich konsentratsiyani oldindan aytishimiz mumkin.


Boshlang„ich tezlikni aniqlashdagi ba‟zi laboratoriya usullari
Biz boshlang’ich tezlikni konsentratsiya/vaqt grafigidan topamiz, shuning uchun bizga konsentratsiya o’lchash uchun tez, aniq usul kerak. Keling qisqacha uch asosiy usullarni ko’rib chiqamiz.
Rangdagi o‘zgarish. Rangli moddalar ishtirok etadigan reaksiyalarda, konsentratsiyani o’lchash uchun spektroskopik usullar qo’llanilishi mumkin. Masalan, azot monooksidi oksidlanishida faqat mahsulot, azot dioksid rangli:
2NO(g)+O2(g)→2NO2(g) jigarrang.
Vaqt o’tgani sari reaksion aralashmaning jigarrang rangi to’qlashib boradi.
Bosimdagi o‘zgarish. Gaz mollari o’zgaradigan reaksiyalarni bosim o’zgarishini o’lchab monitor qilish mumkin. Misol uchun, rux va sirka kislota o’rtasidagi reaksiyani olaylik:



(aq)
Zn(q)+2CH3COOH(aq)→Zn2+ + 2CH3COO-(aq) + H2(g).
Tezlik H2 gazining bosimi oshishiga to’g’ri proporsionaldir.
O‘tkazuvchanlikning o‘zgarishi. Organik galid (2-brom-2-metilpropan) va suv o’rtasidagi reaksiyada

(aq)
(CH3)3C-Br(I) + H2O(I)→(CH3)3C-OH(I)+H+ +Br-(aq).
Hosil bo’luvchi HBr kuchli kislota va butunlay ionlarga parchalanadi; shu sababdan, vaqt o’tgani sari reaksion aralashmaning o’tkazuvchanligi ortadi.
Agar qo’limizda boshlang’ich tezlik bo’lsa, biz reaksiya tartibini aniqlashimiz mumkin. Keling birinchi bo’lib reaksiya tartibi o’zi nima va keyin qanday qilib ularni aniqlashni muxokama qilsak.

Download 178.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling